Top.Mail.Ru

Moliya vaziri Timur Ishmetov YTTB delegatsiyasi bilan uchrashdi

Joriy yilning 7-iyun kuni Moliya vaziri Timur Ishmetov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keying o’rinlarda YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi delegatsiyasi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Moliya vaziri Timur Ishmetov YTTB delegatsiyasi bilan uchrashdi

Moliya vaziri Axborot xizmati xabar qilishicha, bugun 7-iyun kuni Moliya vaziri Timur Ishmetov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keying o‘rinlarda YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi delegatsiyasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi davlat ishtirokidagi banklarni isloh qilishga bag‘ishlandi. Tomonlar banklarni transformatsiyalash va xususiylashtirish jarayonlari, ushbu jarayonlarda YTTBning ishtiroki, mavjud muammolar va kelgusi rejalar haqida muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarning diqqat markazi kapital bozorini rivojlantirish va davlat xususiy sherikligi sohalarida islohotlarni amalga oshirish va bu jarayonlarda YTTBning kelgusida ko‘rsatadigan ko‘magi va o‘rniga oid masalalar keng muhokamasiga qaratildi.

YTTB delegatsiyasi tarkibida Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay, O‘zbekistondagi YTTB vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos, bankning moliya institutlari sektoridagi boshqaruvchi direktor Frensis Malij hamda boshqa vakillari ishtirok etdilar.

22:33 • 07 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish