Top.Mail.Ru

Milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar: 2022 yil iyul oyi holatiga.

Aholimiz o’rtasida pul jamg’armalarini saqlashning eng ommaviy usuli bu bank omonatidir. Albatta, bank omonati pul jamg’arishning eng ishonchli va yuqori daromad keltiradigan usuli hisoblanadi.

Milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar: 2022 yil iyul oyi holatiga.

Bugungi kunda 33 ta bankdan 27 tasida milliy valyutada omonat ochish mumkin. Deyarli barcha banklarda omonatni ikki xil usulda – onlayn tarzda mobil ilova orqali va bank filiali orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Onlayn omonatlar uchun 1%ga yuqoriroq stavkalar taklif etilmoqda.   

Eng yuqori foizli omonatlar:

TBC bank:

  • Foiz stavkasi – yillik 25%
  • Muddati – 24 oy
  • Minimal summa – 100 ming so’m
  • Rasmiylashtirish usuli – onlayn bank mobil ilovasi orqali.

Madad invest bank:

  • Foiz stavkasi – yillik 24%
  • Muddati – 13 oy
  • Minimal summa – 1 mln. so’m
  • Rasmiylashtirish usuli – bank filiallari orqali.

Ziraat bank:

  • Foiz stavkasi – yillik 24%
  • Muddati – 24 oy
  • Minimal summa – 3 mln. so’m
  • Rasmiylashtirish usuli – bank filiallari orqali.

Quyida barcha banklarning milliy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha umumiy ma’lumotni keltirib o’tamiz.

Bank nomiFoiz stavkasiMinimal summa, so’mMuddatiRasmiylashtirish usuli
TBC Bank25100 00024 oyMobil ilova orqali
Madad invest bank241 000 00013 oyBank ofislari orqali
Ziraat bank243 000 00024 oyBank ofislari orqali
Universalbank23500 00013 oyMobil ilova orqali
Qishloq Qurilish bank22-231 000 0004 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Mikrokreditbank22-23100 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Tenge bank231 00013 oyMobil ilova orqali
2310 000 00013 oyBank ofislari orqali
Agrobank22-23500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Anorbank23100 00013 oyMobil ilova orqali
Aloqabank2250 00012 oyMobil ilova orqali 
221 000 00012 oyBank ofislari orqali
O’zsanoatqurilishbank22500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Hamkor bank222 000 00013 oyMobil ilova orqali
Savdogar bank221 000 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Turonbank221 000 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Davr bank22500 00013 oyMobil ilova orqali
Infin bank221 000 00015 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Asia Alliance bank225 000 00018 oyMobil ilova orqali 
2210 000 00018 oyBank ofislari orqali
Ipoteka-bank22100 00024 oyMobil ilova orqali
Kapital bank221 000 000  25 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Xalq banki21100 00018 oyMobil ilova orqali 
20.41 000 00018 oyBank ofislari orqali
Milliy bank20-21100 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Ravnaq bank20.67500 00036 oyMobil ilova orqali
Trast bank20500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Asakabank203 000 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Ipak Yo’li banki171 000 00012 oyMobil ilova orqali
Poytaxt bank171 000 00024 oyBank ofislari orqali
Orient Finans bank15-1610 000 00010 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*

*Omonat bank ofisi yoki mobil ilova orqali rasmiylashtirilishiga qarab foiz stavka o'rnatiladi.

Bu va boshqa omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.

17:53 • 18 July, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish