Yagona identifikasiya tizimi OneID foydalanuvchining elektron hukumat va davlat organlarining turli axborot tizimlariga qulay va xavfsiz kirishiga mo‘ljallangan.
OneID orqali foydalanuvchilar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallaridan qulay foydalanishi mumkin.
OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanuvchilarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar OneID tizimida o‘zlarining quyidagi shaxsiy ma'lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak:
Ro’yxatdan o’tgandan so’ng, veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneID-da o‘z shaxsiy kabinetidan foydalanuvchi nomi va parolni kiritishi kerak. Shundan so‘ng, tizim kiritilgan ma'lumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikasiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.
OneID har qanday xizmatlarni (bank, elektron tijorat va h.k.) taqdim etish uchun foydalanuvchini shaxsini aniqlashning qonuniy va qulay usuldir. Yagona identifikasiya tizimi qonun bilan mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikasiya qilishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Yagona identifikasiya tizimidagi foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ishonchli hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, Depozit.uz saytida jismoniy shaxslarning kredit layoqati va kredit tarixini tekshirishning eng ishonchli va xavfsiz usuli OneID tizimi orqali tekshirish hisoblanadi. Kredit tarixi bilan bog'liq ma'lumotlar shaxsiy ma'lumotlar bo'lganligi sababli, OneID yagona identifikatsiya tizimi foydalanuvchilarning barcha ma'lumotlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Kredit layoqatingizni va kredit tarixingizni bu yerda tekshirishingiz mumkin.