Top.Mail.Ru

Isteʼmol krediti nima?

Isteʼmol krediti jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

Isteʼmol krediti nima?

Isteʼmol krediti doimiy yashash joyiga va doimiy daromadga ega boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga, shuningdek pensiya va kreditni qaytarish uchun yetarli daromad manbalariga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.


Isteʼmol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin:

  • uy xoʻjaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;
  • mebel va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;
  • Oʻzbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovka sotib olish;
  • tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni oʻtkazish;
  • xususiy avtomobillarni taʼmirlash va boshqalar.


Isteʼmol kreditlari mahsulot ishlab chiqarish joyidan qatʼiy nazar beriladi.

Isteʼmol kreditini berish bank tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchining hisob-raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. 
Isteʼmol kreditini naqd pul koʻrinishida berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kredit berish shartlaridan biri sifatida qarz oluvchining oʻz mablagʻlari hisobidan sotib olinayotgan tovar qiymatini qisman toʻlash (oldindan toʻlov) belgilanishi mumkin. Pul mablagʻlari qarz oluvchi tomonidan bankka topshiriladi, bank esa qarz oluvchining kirim qilingan mablagʻlari va kredit shaklida unga berilgan mablagʻlarni tovar sotuvchisiga koʻchirib beradi. Boshlangʻich toʻlov miqdori bank tomonidan belgilanadi.

Isteʼmol krediti hajmi, uning muddati, foiz stavkasi, isteʼmolchining toʻlovlarni amalga oshirish grafigi bank tomonidan belgilanadi va isteʼmol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • kredit ajratish haqida ariza;
  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • kreditni qaytarishni taʼminlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qogʻozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sugʻurtalash haqidagi sugʻurta polisi).

 

17:24 • 29 October, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish