InfinBANK yuridik shaxslar uchun alohida qo'llab-quvvatlash liniyasini ishga tushirdi
Qulaylik va muammolarni tezroq hal qilish uchun InfinBANK faqatgina yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatadigan individual aloqa markazini ochdi.
Tadbirkor bir qator tashkilotlar bilan yonma-yon yurib, tadbirkorlik yo'lidan boradi. Ushbu tashkilotlardan biri bu bankdir. Muvaffaqiyatli biznesni yuritish imkoniyatlari o'sib borishi bilan uning egalarining ham bankka nisbatan talablari ortib borayapti. Bugungi kunda har qachongidan ham ko'proq biznes muammolarini tezkor hal qilish dolzarbdir. Shu sababli InfinBANK yuridik shaxslar uchun individual aloqa markazini ochmoqda.
24 soat davomida ishlaydigan aloqa markazi bir necha yillardan buyon InfinBANK-da ishlaydi. Markaz jamoasi mijozlarning qo'ng'iroqlariga, ijtimoiy tarmoqlardagi, Telegram botdagi sharhlariga javob beradi va juda ko'p vazifalarni bajaradi. Uzoq vaqt davomida ushbu yo'nalish jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil edi. InfinBANK "mijoz bizning asosiy qadriyatimiz" shioridan kelib chiqib, mijozlar - jismoniy va yuridik shaxslarning takliflarini diqqat bilan o'rganib chiqadi. Zamonaviy biznesning talabi - bank masalalarini hal qilishda tezkor yordam berishdir.
Hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha tadbirkorlarning murojaatlarini tahlil qilib, bank yuridik shaxslarga operator tomonidan e'tiborlilik va xabardorlikning boshqa darajasi kerak degan xulosaga keldi. Yuridik shaxslar uchun aloqa markazining ajratilgan liniyasi jamoasi qo'shimcha ta'limdan o'tgan korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'limining yuqori malakali mutaxassislaridir.
Alohida qo'llab-quvvatlash liniyasining ochilishi InfinBANKning to'liq raqamli bankka aylanish yo'lidagi yana bir muhim qadamdir. Yangilik nafaqat front-ofislarning yukini kamaytirishga, balki yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga ham imkon beradi. Alohida yo'nalishdagi xodimlar hisob-kitob va kassa xizmatlari to'g'risida mavzularda maslahat berishlari mumkin. Shuningdek, mablag'larni uzoqdan va tezkor ravishda milliy va xorijiy valyutalarda o'tkazish, chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun arizalarni qabul qilish, konversion operatsiyalarni amalga oshirish, korporativ va ish haqi kartalariga pul o'tkazish va boshqa ko'p narsalar.