Haydalgan avtomobil uchun avtokredit yangi mashinalarga qaraganda kamroq olinadi, ammo bu xizmat ham bugungi avtomobil bozori sharoitida talabga ega.
Asosiy afzalligi - haydalgan mashinaning yangisiga nisbatan arzonligi. Shu bois tobora ko'proq banklar ikkilamchi bozor uchun avtokreditlarni taklif qilmoqdalar.
Ikkilamchi bozor uchun eng yaxshi avtokreditlar shartlarini ko'rib chiqaylik:
1. Tenge bank:
Kredit muddati – 3 yilgacha
Foiz stavkasi va boshlang’ich badal:
Yillik 26.9% - boshlang’ich to’lov kamida 30%
Yillik 25.9% - boshlang’ich to’lov kamida 50%
Maksimal summa – 300 mln. so’m.
2. Turon bank:
Annuitet to’lov shaklida:
Kredit muddati – 4 yilgacha
Foiz stavkasi – yillik 24.9%
Boshlang’ich badal – 20%
Differensial to’lov shaklida:
Kredit muddati – 3 yilgacha
Foiz stavkasi va boshlang’ich badal:
Yillik 26% - boshlang’ich to’lov kamida 50%
Yillik 27% - boshlang’ich to’lov kamida 40%
Yillik 28% - boshlang’ich to’lov kamida 30%
Maksimal summa – 270 mln. so’m.
3. Kapital bank:
Kredit muddati – 5 yilgacha
Foiz stavkasi – yillik 26%
Boshlang’ich badal – 20%
Maksimal summa – 270 mln. so’m.
4. Ipoteka-bank:
Kredit muddati – 4 yilgacha
Foiz stavkasi – yillik 29%
Boshlang’ich badal – 30%
Maksimal summa – 270 mln. so’m.
5. Hamkorbank:
Kredit muddati – 4 yilgacha
Foiz stavkasi – yillik 29.99%
Boshlang’ich badal – 40%
Maksimal summa – 600 mln. so’m.
Ikkilamchi bozor uchun avtokreditlar batafsil shartlari bilan “Avtokredit (ikkilamchi bozor)” sahifasida tanishishingiz mumkin.