Top.Mail.Ru

Fermerlar maktabiga start berildi

1 iyun kuni «Hilton» mehmonxonasida «Agrobank» ATB tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan «Fermerlar maktabi»ga start berildi.

Fermerlar maktabiga start berildi

Bank axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1 iyun kuni «Hilton» mehmonxonasida «Agrobank» ATB tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan «Fermerlar maktabi»ga start berildi. Bu yerda bo‘lajak fermerlarga 2 oy davomida sohaga oid zarur bilimlar berib boriladi. 

“Agrobank” ATB boshqaruvchi direktori Abdurahmon Sherovning aytishicha, maktabni ochishda “Ziraatbank” (Turkiya)ning “Yosh fermerlar akademiyasi” hamda Rossiyaning Rossel'xozbanki tomonidan amalga oshirilgan “Shkola fermera” loyihalari yaqindan o‘rganilgan.

Hozircha bunday maktablar Respublikaning 5 hududida – Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukusda tashkil qilingan. Ularda 31 maydan boshlab saralashdan o‘tgan dastlabki 150 nafar tinglovchini fermerlikka o‘qitish boshlandi. 

E'tiborlisi, ta'lim jarayoni bilan bog‘liq barcha xarajatlar «Agrobank» tomonidan moliyalashtirilyapti. Ular orasidan o‘z biznes rejasini muvaffaqiyatli himoya qilganlarga esa qo‘shimcha kredit sertifikatlari ham beriladi. 

Fermerlar maktabida o‘qish istagida bo‘lganlar @fermerlar_maktabi_bot Telegram-boti yoki fermermaktab.uz sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.

01:25 • 03 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish