Top.Mail.Ru

"Fermerlar maktabida" o‘simliklarni himoya qilish intensiv kurslarida o‘quvlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 15-iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6262-sonli Farmoniga asosan Agrobankga bir qator aniq vazifalar berilgan edi.

"Fermerlar maktabida" o‘simliklarni himoya qilish intensiv kurslarida o‘quvlar boshlandi

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Agrobank tashabbusi bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va bir qator ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda “Fermerlar maktabida” o‘simliklarni himoya qilish yo’nalishida intensiv kurslarni yo‘lga qo‘yildi.
Intensiv kursga qabul jarayonlari onlayn so‘rovnomalar topshirish orqali bo‘lib o‘tdi. Jami 680 ta nomzod o‘qish istagini bildirgan holda so‘rovnomalar topshirgan bo‘lsa, shundan 35 ta tinglovchi yozma va suhbat asosida baholanib o‘qishga tavsiya etildi. 

Tinglovchilar 2021-yilning 1-sentyabr kunidan o‘qishlarni boshladi. 
O‘quv kurslarida 7 ta yo‘nalishda yaʼni entomologiya, nematologiya, gerbalogiya, virusologiya, toksikologiya hamda tuproq tahlili yo‘nalishlarida chet el tajribasiga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilardan 3 oy mobaynida nazariy va amaliy bilimlar olishadi. 
Nazariy bilimlar Fermerlar maktabida olib borilsa, amaliy bilimlarni o‘simliklar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bir qator laboratoriyalarda olib borishadi.
Mazkur yo’nalishda 1 yil mobaynida 200 ga yaqin mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan.

Intensiv kursdan asosiy maqsad o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishlarida o‘simliklar klinikasi hamda biolaboratoriyalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Shu o‘rinda aytish kerakki, o‘quv bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq Agrobank tomonidan moliyalashtiriladi va sohaga ilmiy innovatsiyalarni joriy qilishni davom ettiradi.

Reklama huquqi asosida
 

19:02 • 14 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish