Hozirgi kunda elektromobillar mashhurligi kun sayin ortib bormoqda.
Hozirgi kunda elektromobillar mashhurligi kun sayin ortib bormoqda. Buning sababi bunday avtomobillar egologik jihatdan zararsiz, havoning ifloslanishi uchun zararli moddalarni chiqarmaydi, va eng asosiysi elektr toki bilan mashina zaryadlash benzin sotib olishga qaraganda arzonroqdir.
Endilikda bunday mashinalarni sotib olish uchun yanada ko’proq imkoniyat mavjud. Chunki ularni endi kredit hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday imkoniyatni elektromobillarni O’zbekistonga yetkazib beruvchi rasmiy hamkor Megawatt Motors Kapitalbank bilan hamkorlikda taqdim etmoqda. Kredit shartlari quyidagicha:
Kredit muddati – 3 yil.
Boshlang’ich to’lov – 40%.
Foiz stavkasi – yillik 23%.
Kreditning maksimal summasi – shartnomaga asosan.
Kredit hisobiga har qanday elektromobilni sotib olish mumkin.
Batafsil ma’lumotni Megawatt Motors avtosalonidan olish mumkin.