Top.Mail.Ru

Bolalar uchun jamg’arma omonatlari

Ko'pgina ota-onalar o'z farzandlari uchun ularning erta yoshidan boshlab kapitalni shakllantirishni boshlaydilar. Bunday yondashuv kelajakda turli moliyaviy muammolarni hal qilishni soddalashtiradi: oliy ta'lim uchun to'lash, uy-joy va shaxsiy transport sotib olish va boshqalar.

Bolalar uchun jamg’arma omonatlari

Bolaga nima uchun omonat kerak

Har qanday mas'uliyatli ota-ona kelajakda bolaning moliyaviy farovonligiga oldindan sarmoya kiritishni xohlaydi. Shunday vaziyatlar ham borki, bolalar shunchalik ehtiyotkor bo'lishadiki, ular turli bayramlar uchun berilgan deyarli barcha pullarni sarflamaydilar, balki jamg’aradilar. Ba'zi mamlakatlarda o'z pulini bankka qo'ymoqchi bo'lgan bolalarni ko’rish oddiy holatdir. Bola uchun omonat yaqin qarindoshlar tomonidan ochiladi, masalan g'arb mamlakatlarida bu keng tarqalgan moliyaviy amaliyotdir. Bizning mamlakatimizda bolalar uchun omonatlar qanchalik mashhur? Keling, buni maqolamizda aniqlaymiz.

Bolalar omonatlarining xususiyatlari

Banklar tomonidan taklif qilinayotgan bolalar uchun omonatlar – bu aniq maqsad bilan tuzilgan uzoq muddatli bitimdir. Uning asosiy maqsadi - omonatchi voyaga yetgunga qadar pul yig'ishdir. Bunday omonatning asosiy parametrlari quyidagilar:

  • omonatlar uchun aholining omonatlarini kafolatlash davlat dasturi amal qiladi;
  • omonatlarni boshqarish usulini tanlash bolaning yoshiga bog'liq. 14 yoshdan boshlab bola omonat ustidan qisman nazoratni o’ziga olishi mumkin: u qonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlariga omonat qo‘yishi va ularni tasarruf etishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-moddasi);
  • bolalar omonatlarining daromadliligi uzoq muddatli omonatlar bo'yicha foiz stavkalarining o'rtacha darajasiga mos keladi (9-19%);
  • 14 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bola pasport va ota-onasining yozma roziligini ko‘rsatgan holda mustaqil ravishda bank omonatini ochishi mumkin. Bu yoshga qadar bu masala bilan bolaning ota-onasi shug'ullanadi.

 

Bola uchun omonat ochish muammo emas, chunki bugungi kunda ko'plab banklar bunday omonatlarni taklif etadi. Ammo, ushbu investitsiya vositasini tanlashdan oldin, shuni bilish kerakki, bunday omonatlar uzoq muddatli bo'lib, ko'p hollarda foydani muddat oxirida olinishini yoki foizlar kapitalizatsiyasini nazarda tutadi. Shartnomani imzolashdan oldin, potentsial foydani hisoblash kerak. Daromadlilik to'g'ridan-to'g'ri inflyatsiyaga bog'liq bo'ladi. Inflyatsiya darajasining keskin oshishi pulning sotib olish qiymatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

O’zbekistonda bolalar balog’at yoshiga yetguniga qadar rasmiylashtiriladigan omonatlar bir qator banklar tomonidan taklif etiladi. Ularning asosiy shartlari quyidagilar:

Bank nomiFoiz stavkasiMuddatiMinimal summaMuhim shartlari

Qishloq qurilish bank

Yangi yoshlar omonati

19%Bola 18 yoshga to’lguniga qadar500 000 so’m

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: muddat oxirida

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Madad Invest bank

Yorqin kelajak omonati

19%Bola 7 yoshidan 18 yoshga to’lguniga qadar100 000 so’m

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud emas

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: muddat oxirida

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Xalq banki

Bolalar xazinasi omonati

17%Bola 16 yoshga to’lguniga qadar100 000 so’m

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud emas

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: har oyda

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Asia Alliance bank

Oltin kelajak omonati

15%Bola 18 yoshga to’lguniga qadarCheklanmagan

15 yoshgacha bo’lgan bolalar nomiga ochiladi va bola 18 yoshga to’lgunga qadar saqlanadi.

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud emas

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: muddat oxirida

Imtiyozli yopish: mavjud, 6 oygacha - to‘lanmaydi, 6 oydan so‘ng - yillik 12% miqdorida pul mablag’lari omonatda haqiqatda saqlangan kunlari uchun to‘lanadi.

Agrobank

Baxtli bolalik omonati

15%3 yil, 5 yil yoki 10 yil100 000 so’m

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: har oyda

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Ipoteka-bank

Navqiron omonati

15%Bola 16 yoshga to’lguniga qadarCheklanmagan

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: har oyda

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Aloqabank

Kelajak uchun omonati

14%3-18 yilCheklanmagan

15 yoshgacha bo’lgan bolalar nomiga ochiladi va bola 18 yoshga to’lgunga qadar saqlanadi.

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud emas

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: har oyda

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Mikrokreditbank

Baxtli bolalik omonati

10%1-15 yil100 000 so’m

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud emas

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: muddat oxirida

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Turonbank

Meros omonati

9%Bola 18 yoshga to’lguniga qadar100 000 so’m

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: har oyda

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Turonbank

Meros valyuta omonati

4%Bola 18 yoshga to’lguniga qadarCheklanmagan

To’ldirish: mavjud

Kapitalizatsiya: mavjud

Qisman yechish: mavjud emas

Foiz to’lash: har oyda

Imtiyozli yopish: mavjud emas

Omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.

12:46 • 02 December, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish