Top.Mail.Ru

Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak?

Bankomatlar naqd pul yechib olish yoki hisobni to‘ldirish kerak bo‘lganda juda qulay. Ammo operatsiya tezda amalga oshirilmasa, noqulayliklar vujudga keladi.

Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak?

Agar bankomat kupyuralarni qabul qilmasa, nima qilish kerak? Buning sabablari nima bo'lishi mumkin? Biz ushbu maqolada bunday savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Nega bankomat kupyuralarni qabul qilmaydi?

Agar kupyura soxta bo'lmasa, hech qanday muammo bo’lishi keremas. Lekin bunday vaziyat sodir bo’lsa, quyidagi sabablardan biri bo'lishi mumkin:

  • Kupyuraning yomon holati. U g’ijimlangan, bir qirrasi yirtilgan, yog'li dog'lar yoki kir narsa yopishgan qismlari bo’lsa, bankomat qabul qilmaydi.
  • Xizmatni tanlashda xato qilish. Ehtimol, "pul kiritish" o'rniga "naqd pul olish" yoki "balansni tekshirish" tanlangan bo’lishi mumkin.
  • Yangi banknota. Nazariy jihatdan, agar banknota yangi bo'lsa (yangi chop etilgan ma'noda emas, balki yangi "dizayn" bilan chiqarilgan bo’lsa) va bank xodimlar bankomatning dasturiy ta'minotini yangilashga ulgurmagan bo'lsa, bankomat uni qabul qilmaydi. Bugungi kunda yangi banknotalarning muomalaga kiritilishi munosabati bilan bu sabab pul qabul qilinmasligining eng keng tarqalgan sababidir.
  • Bankomat ekranida "pulni kiriting" yozuvi paydo bo'lishidan oldin pul kiritilishi. Pul mablag’lari yozuv chiqqanidan so’ng kiritilishi kerak.
  • Bankomatda begona predmetlar tiqilgan bo’lishi. Bank xodimlari bu holatda ushbu bankomatdan foydalanish kerak emasligi haqida ogohlantiradilar. Bu holat biror mijozning e’tiborsizligi tufayli vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Lekin eng yomoni, bu firibgarlar tomonidan ham qilingan bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday bankomatdan foydalanmaslik kerak.
  • Terminal ishlamasligi.

Ushbu holatlarning har biri uchun muammoning yechimi mavjud.

Vaziyatdan chiqish yo'llari qanday?

Muammoni hal qilish uchun birinchi navbatda buni sababini bilish kerak.

  • Agar kupyura g’ijimlangan yoki dog'lar bilan qoplangan bo'lsa, unda eng oson yechim uni tekislash va qayta urinib ko'rishdir. Agar bu yo’l yordam bermasa, uni boshqa tomondan va boshqa chetidan aylantirib, yana bir necha marta urinib ko’rish kerak. Agar yaqin atrofda bank filiali bo'lsa, bank kassasiga murojaat qilib banknotani almashtirish mumkin.
  • Ekrandagi ma'lumotni, xizmat to'g'ri kiritilganligini tekshirish kerak. Agar xato bo'lsa, ma'lumotlarni qayta kiritish kerak.
  • Agar banknota yangi bo'lsa va bankomat pulni qabul qilmasligi sababi ham shu bo'lsa, operatsiyani boshqa bankomatda amalga oshirish mumkin. Agar boshqasi ham ishlamasa, bu holda bank bilan bog'lanish ma’quldir va texnik mutaxassis yangi pulni tanib olishi uchun qurilmani yangilaydi.
  • Agar bankomat mijoz qanday xizmatdan foydalanishini aniqlamagan bo'lsa, ekranda "pulni kiriting" degan yozuv chiqmaydi. Bunday holda, ozgina vaqt sabr qilib kutish kerak.
  • Bankomatda begona narsalar borligi firibgarlar to'lovni amalga oshirgan shaxsning pulini o'g'irlashni rejalashtirayotganligidan dalil berishi mumkin. Bunday holda, shubhali bankomatdan foydalanishdan ehtiyot bo'lish kerak. Bank xodimlarini xabardor qilish kerak.
  • Agar terminal ishlamasa, odatda ekranda bu haqda xabar paydo bo'ladi. Ammo dastur o'z-o'zidan ham qotib qolishi mumkin. Bunday holda, boshqa bankomatdan foydalanish kerak.

Agar muammo yuzaga kelgan bo'lsa, eng to’gri yo’l bu bankning texnik yordamiga murojaat qilishdir.

Bankning texnik yordamiga qanday murojaat qilish mumkin?

Avvalo, ishonch telefonining raqamini terish kerak. Odatda bu raqam bankomatning o'zida ko'rsatiladi. Agar raqam ko'rsatilmagan bo'lsa, bankning saytida raqamni topib qo'ng'iroq qilish mumkin. Qo'llab-quvvatlash xizmati dam olish kunlarisiz va bayramlarda ham ishlaydi.

Agar bankomat pulni "chaynagan" bo'lsa, nima qilish kerak?

Kartaga pul o'tkazmoqchi bo'lgan holatlarda, bankomat banknotalarni qabul qilishni boshlashi mumkin, ammo operatsiyani oxirigacha bajarmasdan to'xtab qolishi ham mumkin. Bu ko'pincha havo xarorati o’ta issiq yoki sovuq bo'lganda sodir bo'ladi. Buni bankirlarning o'zlari ham tan oladi.

Ulardan maslahat: qurilma "o’ziga kelishini" bir necha daqiqa kuting. Agar bu yordam bermasa, yagona yo'l texnik xizmatga murojaat qilishdir.

Bu holat albatta yoqimsizdir, chunki mutaxassislar kelishini kutish kerak bo'ladi. Agar buning iloji bo'lmasa, unda bankomatni aniq suratga olish, bankomat joylashgan joyning manzilini eslab qolish va eng yaqin bank filialiga murojaat qilish kerak. Bunday holda yozma ariza berish va mavjud dalillarni taqdim etish kerak bo'ladi.

Agar bankomat pulni qabul qilgan, lekin ular hisoraqamga tushmagan bo’lsa nima qilish kerak?

Bunday holat bankomatning noto'g'ri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Buni bankirlarning o‘zlari ham tan oladi. Bunday vaziyatda, albatta, bank bilan bog'lanish kerak. Bank xodimlari bunday vaziyatda qanday yo’l tutadi? Mijozning xaqligini faqat bankomat inkassatsiya qilinganidan keyin isbotlash mumkin.

Pul hisoblanganidan so'ng, xodimlar ortiqcha miqdorni aniqlaydilar va mijozning arizasida ko'rsatilgan miqdor bilan solishtiradilar. Har bir kredit muassasasida bu masala turli vaqtda hal qilinishi mumkin.

Bu bank tomonidan qabul qilingan inkassatsiya qoidalariga bog'liq. Agar o'sha kunni o’zida inkassatsiya o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinsa, mijoz uzoq kutishga majbur bo'lmaydi. Agar bank faqat rejalashtirilgan tartibda naqd pul yig’ishni amalga oshirsa, unda bir hafta, ba'zan esa yarim oy kutish kerak bo'ladi.

Aksariyat hollarda bank o’z mijozlarini yo‘qotishdan manfaatdor emas, muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qiladi.

Noxush vaziyatga tushib qolmaslik uchun kupyuralarni bankomatga yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirish kerak. Agar ular g’ijim yoki shikastlangan bo'lsa, unda ularni boshqa yo'l bilan ishlatish yaxshiroqdir.

15:34 • 03 October, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish