Top.Mail.Ru

Banklarning masofadan turib ko'rsatiladigan xizmatlari ko'lami kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, 2023-yil may oyidan boshlab banklarga korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank hisobvarag’ini masofadan turib ochishga ruxsat berildi.

Banklarning masofadan turib ko'rsatiladigan xizmatlari ko'lami kengaymoqda

“Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishidan asosiy maqsad moliyaviy, soliq va statistik hisobotlar turlarini qisqartirishdan iborat.

Hujjatda tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan masofaviy bank xizmatlar turlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. 

2023-yil 1-maydan boshlab banklarga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob raqamlarini masofadan turib ochishga ruxsat beriladi, bunda ularning muassislari O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishi, banklar esa ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Shuningdek, tadbirkorlar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta’minoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirisр imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Bundan tashqari, qaror bilan yuridik shaxslarning ayrim moliyaviy, soliq va statistik hisobotlar hamda hujjatlarni saqlash va arxivlarga topshirish majburiyatidan ozod etilishi ko’zda tutilgan tartib joriy etilmoqda.

10:23 • 14 November, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish