Top.Mail.Ru

Avtokreditlarni Depozit.uz saytida tanlang

Bugungi kunda avtokreditlarning tanlovi juda katta. Bankka borishdan oldin, avtomobil sotib olish bilan bog’liq rejalar asosida turli banklarning avtokreditlar bo’yicha takliflarini solishtirish tavsiya etiladi.

Avtokreditlarni Depozit.uz saytida tanlang

Avvalgi maqolada yozganimizdek, avtokredit tanlashda eng muhim mezonlar bu birinchidan, shaxsiy byudjetni aniqlash, ikkinchidan, kredit foiz stavkasi, muddati va dastlabki to‘lovi kabi shartlarni solishtirish, uchinchidan, avtomobilni tanlashdir.

Banklar kundan kunga avtokreditlar bo’yicha yanada jozibador shart-sharoitlarni taklif qilmoqda, lekin har bir bankka alohida tashrif buyurib, eng mosini izlash uchun ko'p vaqt va kuch talab etiladi. Bank saytlari orqali avtokreditlar shartlarini solishtirish ham mumkin, biroq bu jarayon ham ko'p mehnat va  vaqt talab qiladi.

Depozit.uz saytining Avtokreditlar sahifasida O‘zbekiston banklarining barcha joriy avtokreditlari ro‘yxati keltirilgan.

Sahifada avtokreditlar foiz stavkalarining ortib borish tartibida keltirilgan. Shuningdek, sahifada avtokredit bo'yicha asosiy ma'lumotlar – kredit muddati, maksimal miqdori va ta'minot turi kabi ma’lumotlar keltirilgan. "Kredit haqida ma'lumot" bo'limiga o’tish orqali avtokreditning batafsil shartlari bilan tanishish mumkin.

Kompyuterdagi ko’rinishiMobil versiya

 

Bunda har bir bankning avtokreditlari birlashtirilgan. Asosiy sahifada ma'lum bir bankning eng past foizli avtokrediti ko'rsatilgan, "Yana takliflar" tugmasini bosish orqali esa tanlangan bankning barcha mavjud avtokreditlarini ko’rish mumkin.

Kompyuterdagi ko’rinishiMobil versiya

 

Avtokreditlar alohida parametrlar asosida tanlanishi mumkin. Buning uchun filtrlar bo'limida kredit miqdori, kredit muddati yoki dastlabki to'lov miqdorini tanlang. Tegishli avtokreditlar qidiruv mezonlariga muvofiq tanlanadi va ko’rsatiladi.

Kompyuterdagi ko’rinishiMobil versiya

 

 

 

 

 

Shunday qilib, Depozit.uz saytida eng mos avtokreditni tanlash uchun:

  1. 1. Avtokredit sahifasiga o'ting.
  2. 2. Bankdan olinishi rejalashtirilayotgan avtokredit miqdorini kiriting.
  3. 3. Kredit muddati va dastlabki to‘lov miqdorini belgilang.
  4. 4. Sizning so'rovingiz bo'yicha taklif qilingan kreditlarni ko'ring va mosini tanlang.

O'zbekiston banklarida barcha mavjud avtokreditlar shartlari bilan Avtokreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

11:36 • 06 September, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish