Avtokredit - bu mashina sotib olishni istagan har bir kishiga yangi yoki haydalganini xarid qilishga imkon beradigan qulay moliyaviy vositadir.
Avtokredit - bu uzoq muddatli moliyaviy majburiyat. Bunda nafaqat avtomobilning markasi va modelini tanlash, balki turli banklar va kredit tashkilotlarining kreditlash shartlarini solishtirish kerak. Qarz oluvchining moliyaviy imkoniyatlari va ehtiyojlariga javob beradigan taklifni tanlash uchun barcha jihatlarni hisobga olish muhimdir.
Avtokreditni tanlashda quyidagi uch bosqich muhim:
Bugungi kunda O‘zbekistonda avtokredit deyarli barcha turdagi avtomobillar, jumladan, xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham mavjud. Shu bilan birga, ayrim banklar dilerlik markazlari bilan birgalikda import qilinadigan avtomobillar uchun past foiz stavkalari va boshqa qulay shart-sharoitlar bilan maxsus avtokredit dasturlarini taklif qilmoqda. Bundan tashqari, ikkilamchi bozor uchun avtokreditlar ko'plab banklarda ham mahalliy ham xorijiy avtomobillarni sotib olish uchun mavjud.
Hozirgi vaqtda bankdan avtokredit olish uchun faqat bitta hujjat - shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi. Ba'zan banklar daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma, turmush o'rtog'ining pasport nusxasini va hokazolar taqdim etilishini talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, mashinani sotib olish uchun shartnoma taqdim etish kerak. Biroq, hozirgi vaqtda ko'plab banklarning o'z hamkorlari – avtomobil dilerlari mavjud va shartnomani o'zlari taqdim etadi.
Bugungi kunda 35 ta bankdan 24 tasida turli avtomashinalar sotib olish uchun avtokreditlar taqdim etilmoqda.
22 ta bank birlamchi bozorga, 14 tasi ikkilamchi bozorga, 13 tasi o’zini o’zi band qilgan shaxslarga va rasmiy daromadi bo‘lmagan fuqarolarga avtokredit bermoqda.
Kredit bo‘yicha foiz stavkalari banklarning maxsus takliflari bo’yicha yillik 0% dan boshlanadi, kreditninng maksimal muddati – 7 yil, dastlabki to‘lov 0% dan boshlanadi. Boshlang’ich to’lovsiz avtokreditlarni 35 ta bankdan 6 tasida rasmiylashtirish mumkin.
Banklarda avtokredit rasmiylashtirish tartibi asosan quyidagi bosqichlardan iborat:
O’zbekiston banklarida mavjud barcha avtokreditlarni Depozit.uz saytida ko’rish, taqqoslah va eng mosini tanlash mumkin. Buning uchun:
Avtokredit majburiyat ekanligini bilish muhimdir. Kreditni o'z vaqtida to'lamaslik salbiy kredit tarixining shakllanishiga olib keladi va muddati o'tgan qarzlar yuzaga kelgan taqdirda, kredit avtokredit garovi bo’lgan transport vositasini sotish orqali qoplanishi mumkin.
O'zbekiston banklarida barcha mavjud avtokreditlar shartlari bilan Avtokreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.