Top.Mail.Ru
20 Sep 2021 |  5,510

Milliardlab pul topish: eng mashhur sport brendlari qanday qilib pul ishlashadi

O‘sha buyuk daqiqadan boshlab, Nike shunchaki qil degan qoidaga rioya qilib, aynan professional bo‘lmagan sportsmenlar, yaʼni ish kuni boshlanishidan avval yugurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun eʼtibor qaratishni boshlagan vaqtdan buyon bu bozor ajoyib darajada o‘sdi.

Milliardlab pul topish: eng mashhur sport brendlari qanday qilib pul ishlashadi

CompaniesMarketCap ma‘lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi 14 ta eng yirik brend, yaʼni sport tovarlari ishlab chiqaruvchilarining umumiy kapitali 530 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi. Aytgancha, liderlar o‘zgarishsiz qolmoqda: Nike 265 milliard dollarlik va Adidas 69,87 milliard dollarlik kapitalga ega. Shuni ham qayd etish joizki, bu kompaniyalar misolida bozordagi o‘zgarishlar va umuman bozorda nima bo‘layotganini baholash juda qulaydir. Shunday qilib, 2020 yil 13 mart holatiga ko‘radigan bo‘lsak, Adidas aksiyalari har bir aksiya narxi 171,94 yevroga, Nike aksiyalari esa 75,58 dollarga pastladi. Mazkur maqola yozilish vaqtida aksiyalar mos ravishda 303,55 yevro va 171,94 dollarni tashkil etdi. Masalan, PUMA, Under Armour va boshqa markadagi brendlarning ham o‘sish surʼati taxminan 120 foizni tashkil qiladi.

Bu brendlar o‘sishga harakat qilayotgan sohalarga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Shunday qilib, Nike kompaniyasining bir yillik sof daromadi 126 foizdan oshdi, asosiy mahsulot - bu oddiy krossovkalar, uni sotish yirik kompaniyaga mintaqaga qarab daromadning 60-75 foizini tashkil qiladi. Ko'rinib turibdiki, oddiy odamlarga poyabzal va kiyim sotish asosiy daromad manbai bo'lib qolmoqda.

Shu bilan birga, masalan Under Armour singari professional kiyimlarga tayangan kompaniyalar, katta muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi. Bu brendlarning aksiyalari 10 dollardan 24,12 dollarga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, bu hali 2015 yildagi eng yuqori cho‘qqidan ancha uzoqligicha qolmoqda, ya’ni 52,86 dollardan sotilgan. 

Bugungi kunda eng muhim savdo bozori G‘arb davlatlari emas, aksincha, rivojlanayotgan mamlakatlar: Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Rossiya, Lotin Amerikasi hisoblanadi. Masalan, bu bozorlarda PUMA sotuvi 2021 yilda 152 foizdan 200 foizgacha oshib, o‘rtacha o‘sish 96 foizni tashkil etdi.

Kelajakdagi foyda ko‘rishning uchinchi manbai onlayn savdo bo‘lib, masalan, Adidasda 2019 yilga nisbatan 64 foizga o‘sdi.

Umuman olganda, agar pandemiya ustidan qozonilgan g‘alaba hali uzoqda bo‘lsa, unda dangasalik ustidan qozonilgan g‘alabani amalga oshgan fakt deb hisoblash mumkin. Nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham sport bilan shug'ullanadiganlar, sport kiyimlari va poyabzallarini sotib olayotganlar ko'paymoqda. Ammo chakana savdo do'konlari onlayn savdoning o'sishi davrida qancha davom etishi hali ma'lum emas. Darvoqe, sport tovarlari bozori uchun muhim narsa - biz yugurishda davom etamiz. Va biz do‘konga yoki parkga yugurishimiz muhim emas.

Aziz Abdusalomov Alpari Xalqaro moliya brendi eksperti

Aziz Abdusalomov

Alpari Xalqaro moliya brendi eksperti

Savol berish

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish