«Delta Mikrokredit Tashkiloti» maʼsuliyati cheklangan jamiyati (quyidagi matnda «Delta» Mikrokredit Tashkiloti deyiladi) 2009 yil 29 yanvarda №00263201- son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009 yil 16 may 28-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. Oʼzbekiston Respublikasi hududida xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash maqsadida «Delta» Mikrokredit Tashkiloti 2018 yilda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida oʼz filialini ishga tushirdi, 2021 yilda esa Toshkent shaxrining Yangi hayot tumanida mikrokredit tashkilotining filiali oʼz ishini boshladi. Mikrokredit tashkilotining asosiy faoliyati aholi va kichik biznes subʼektlariga ularning ehtiyojlariga javob bera oladigan sifatli mikromoliyaviy xizmatlar koʼrsatishdan iboratdir.. Batafsil