Yo'l-transport hodisasi ishtirokchilari tez fursatlarda soddalashtirilgan yevroprotokol tizimidan foydalanishlari mumkin bo'ladi!
Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jabrlanuvchi sug‘urta to‘lovini olishi uchun YTH ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini jalb etmasdan turib hujjatlashtirishi mumkin bo'ladi.
Yevroprotokolni quyidagi shart-sharoitlarda rasmiylashtirish mumkin:
- YTH jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazmagan yoki yo‘l harakati boshqaruvini tartibga soluvchi qurilmalar va boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelmagan bo'lsa;
- YTH ishtirokchisi bo'lgan haydovchilardan biri o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan holatda;
- YTH piyoda ishtirokisiz sodir bo‘lgan holatda;
- Hodisada faqatgina 2 ta mashina ishtirok etgan bo'lsa;
- Ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug'urtalangan bo'lsa;
- Haydovchilik guvohnomasi, ro'yxatdan o'tganlik guvohnomasi, ishonchnoma, yo'l varaqasi mavjud bo'lganda;
- Haydovchilar mast holatda bo'lmaganda;
- YTH natijasida transport vositalari shikastlangani, shuningdek shikastlangan qismlarning ro'yxati va holati YTH ishtirokchilari o'rtasida o'zaro kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmagan holatda.