Top.Mail.Ru

Yevroosiyo banki Moody‘s tomonidan xalqaro miqyosda baholandi

Moody‘s Investors Service (“Moody‘s”) xalqaro reyting agentligi Yevroosiyo bankining milliy shkaladagi reytinglarini bekor qildi.

Yevroosiyo banki Moody‘s tomonidan xalqaro miqyosda baholandi

Bankning moliya direktori Natalya Drujinina so‘zlariga ko‘ra, bu faqatgina texnik yechim, chunki milliy shkala reytingi bozorda qo‘llanilmaydi.

Investorlar, regulyatorlar, kreditorlar va mijozlar faqat xalqaro miqyosdagi reytinglarga amal qiladilar hamda yaqinda bank prognozi “barqaror”ga yaxshilangan, deydi Natalya Drujinina.

Moody‘s xalqaro reytingi milliy shkala bo‘yicha reytingdan farq qiladi, chunki u milliy reytingda ko‘rsatilmagan bank pozitsiyasini barcha xalqaro tashkilotlar bilan global taqqoslash imkonini beradi.

2021-yil sentabr oyida Moody‘s agentligi bankning xalqaro prognozini “barqaror”ga yaxshiladi, bu esa iste‘mol krediti segmentidagi kreditlarning yuqori ko‘rsatkichlari va sifati tufayli bankning moliyaviy mustahkamlik profilining barqarorligini aks ettiradi. Asosiy xorijiy valyutadagi kredit reytingi B2 o‘zgarishsiz qolmoqda, deyiladi xabarda.

P.S: Evrosiyo banki universal ijtimoiy ahamiyatga ega moliyaviy institut bo‘lib, Qozog‘iston banklari orasida aktivlari bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turadi. Bankning xizmat ko‘rsatish tarmog‘i respublika bo‘ylab 17 ta filial va 114 ta shoxobchani o‘z ichiga oladi.

14:43 • 15 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish