Top.Mail.Ru

Yangi tahrirdagi “Banklarda auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi

Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi “Banklarda auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom loyihasi umumxalq muhokamasi uchun eʼlon qilindi

Yangi tahrirdagi “Banklarda auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi “Banklarda auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom loyihasi umumxalq muhokamasi uchun eʼlon qilindi va muhokama joriy yil 17 iyulgacha davom etadi.

Mazkur nizom loyihasini ishlab chiqishda Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining “Banklarning tashqi auditiga oid standartlar” va Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining “Auditning xalqaro standartlari” va “Sifat nazoratining xalqaro standartlari” hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.

Nizom loyihasi bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Unda bankda auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotiga talablar hamda auditorlar mustaqilligi va xolisligini taʼminlashga qaratilgan normalar aks ettirilgan.

Shuningdek, bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda asosiy eʼtibor ularning moliyaviy barqarorligini tizimli baholashga qaratilib, bu bankning tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat tizimlarini hamda bank risk-profili holatini mustaqil baholashni ko‘zda tutadi.

Shu bilan birga, nizom loyihasi banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish, amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibini belgilaydi.

Muhokamada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘ting https://regulation.gov.uz/uz/d/47159

 

20:05 • 05 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish