Yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasining 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida, UzAvto Motors zavodi negizida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 427,7 million dollar ajratilishi va yangi avtomobil modellarini 190 ming dona ishlab chiqarish 2022 yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan.
Shuningdek, dastur doirasida "Adm Jizzakh" MCHJda Lada, KIA va Reno avtomobillarini 2022 yilning dekabr oyida 100 ming dona ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani ishga tushirish uchun 61,0 mln. dollar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha ishga tushirilgach qo‘shimcha 600 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.