Kuni kechaXalq banki tomonidan Xalqaro standart talablariga javob beradigan “FusionRiskdasturiy taʼminotini tatbiq etish” loyihasini amalga oshirish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Xalq banki tomonidan Xalqaro standart talablariga javob beradigan “Fusion Risk dasturiy taʼminotini tatbiq etish” loyihasini amalga oshirish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Xalq banki Boshqaruv Raisi Farhod Islomovich Salamov, Finastra vakillari va bank xodimlari joriy qilingan tizimning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
Fusion Risk qatoriga shunday tizimlar kiradiki, ular risk-menejment bo‘yicha boy xalqaro tajribani umumlashtirgan bo‘lib, turli moliyaviy xatarlarni, shu jumladan, butun bank miqyosidagi xatarlarni ham kompleks boshqarish vazifalarini hal qiladi.
Joriy etilgan tizim bankka xatarlarni identifikatsiya qilish, kredit xatari, bozor tavakkalchiligi, likvidlik xatari, foiz stavkalari o‘zgarishi xatari, boshqariluvchi metrik xatarlar (ALMvaIFRS-9) va stress-test o‘tkazish kabilarni boshqarish uchun to‘liq funktsiyani taqdim etdi.
Fusion Risk dasturiy taʼminoti Xalq bankidagi biznes jarayonlarini optimallashtirishga imkon beradi, IFRS-9 talablariga muvofiq hisobotlarni tayyorlash uchun vaqt va mehnat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Web sayt: xb.uz
E-mail: info@xb.uz
Telegram-kanal: https://t.me/xalqbankinfo
Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot
Telegram-bot call center:https://t.me/xalqbankcall_bot
Facebook: XalqBanki
Instagram: xalqbankinfo
Reklama huquqi asosida.