Bilamizki, bank plastik kartasi ochilgan har mijoz kartasiga tijorat banklari tomonidan shaxsiy PIN-kod o‘rnatiladi.
Bilamizki, bank plastik kartasi ochilgan har mijoz kartasiga tijorat banklari tomonidan shaxsiy PIN-kod o‘rnatiladi. Bugun firibgarlik o‘ta rivojlangan zamonda yashayapmiz, firibgarlar nafaqat telefon va hamyonlarni sezdirmasdan o‘g‘irlashlari, balki bank kartalarida mavjud pullarni ham o‘zlashtirishlari mumkin. Buning uchun ular juda aqlli uslublardan foydalanishmoqda. Firibgarlarning tuzog‘iga tushmaslik uchun esa albatta, bank mijozi o‘zining PIN-kodini sir saqlashi lozim.
Bu borada Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning joylardagi muassasalari to‘lov terminallari bilan taʼminlanganligi, to‘lovlarning qabul qilinishi va bank kartalaridan naqd pul mablag‘lari berilishi hamda terminal orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki pul mablag‘ini naqdlashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganda bank karta egasiga “PIN-kod”ini mustaqil terish imkoni berilishi haqida ham doimiy ravishda ogohlantirishlar beriladi.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlariga ko‘ra, bank muassasalarida mijozlarga bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlik holatlarini aniqlangan.
Xususan, qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Ipak yo‘li banki, Ipoteka-bank, Qishloq qurilish bank, O‘zsanoatqurilishbank, Savdogarbank, Infinbank, Hamkorbank, Milliy bank, Aloqabank va Turonbanklarga nisbatan belgilangan tartibda sanksiyalar qo‘llanildi.