Avval yozganimizdek, endi o’zini o’zi band qilgan shaxslar yo‘lovchi tashish bilan shug’ullanishlari mumkin, boshqacha aytganda, taksi faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berildi.
Demak, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar endi faoliyatlarini qonuniy ravishda amalga oshirib, barqaror daromadga ega bo’lishlari va banklardan kredit olishlari mumkin.
Bugungi kunda bir qator banklar o’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun avtokreditlar taklif qilmoqdalar. Avtokredit olish uchun bankka o’zini o’zi band qilgan shaxslar sifatida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma hamda daromadlar to'g'risidagi ma'lumot taqdim etilishi talab qilinadi.
Quyidagi banklar o’zini o’zi band qilgan shaxslarga quyidagi shartlarda avtokredit taqdim etadi:
1. Tenge bank:
Birlamchi bozor uchun:
Bonus sifatida avtomobil sug'urtasi bepul taqdim etiladi.
Ikkilamchi bozor uchun:
2. Asia Alliance bank:
KIA avtomobillarini sotib olish uchun:
Boshlang’ich to’lov / Kredit muddati | 12 oy | 24 oy | 36 oy |
50% | 8,5% | 19,5% | 22,8% |
70% | 0,5% | 14% | 19% |
Lada va Renault avtomobillarini sotib olish uchun:
Boshlang’ich to’lov / Kredit muddati | 12 oy | 24 oy | 36 oy |
50% | 9% | 20% | 24% |
70% | 2% | 14% | 19% |
3. O’zsanoatqurilishbank:
KIA, Lada va Renault avtomobillarini sotib olish uchun:
Differensial to'lov usulida:
Boshlang’ich to’lov / Kredit muddati | 12 oy | 24 oy | 36 oy | 48 oy | 60 oy |
50% | 3% | 14% | 16% | 20% | 22% |
40% | - | 16% | 17% | 21% | 23% |
Annuitet to'lov usulida:
Boshlang’ich to’lov / Kredit muddati | 12 oy | 24 oy | 36 oy | 48 oy | 60 oy |
50% | 3% | 13% | 15% | 19% | 21% |
40% | - | 15% | 18% | 20% | 22% |
O’zini o’zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo’lish tartibi bilan “O'zbekistonda o’zini o’zi band qilgan shaxs maqomiga qanday ega bo’lish mumkin?” maqolasida tanishishingiz mumkin.
Avtokreditlarning batafsil shartlari Avtokredit va Avtokredit (Ikkilamchi bozor) sahifalarida keltirilgan.