Top.Mail.Ru

O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari

Insoniyat har kuni ko‘plab axborotlarni qabul qiladi. Bunga mobil telefon, internet, smartfonlarning doimiy ravishda o‘sib borayotgan texnik imkoniyatlari, insonlarning ijtimoiy tarmoqlarga jalb qilinishi va internet tezligining o‘sishi katta yordam beradi.

O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari

Insoniyat har kuni ko‘plab axborotlarni qabul qiladi. Bunga mobil telefon, internet, smartfonlarning doimiy ravishda o‘sib borayotgan texnik imkoniyatlari, insonlarning ijtimoiy tarmoqlarga jalb qilinishi va internet tezligining o‘sishi katta yordam beradi.

Albatta, bugungi kunda axborot tizimining sezilarli darajada o‘zgarishi asosida jamiyat, huqumat, iqtisodiyot, biznes, savdo va bank sohasidagi tub o‘zgarishlarni ham kuzatishimiz mumkin.

Keling, raqamli bank o‘zi nima va bank jarayonlari takomillashtirilgan tizimi qanday yo‘lga qo‘yilganligi haqida to‘xtalib o‘tsak.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan “raqamli” banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda “Anorbank” va “TBC bank”lar raqamli bank sifatida ro‘yxatga olindi.

Darhaqiqat, “raqamli bank” tushunchasi 2015-2020 yillar davomida Yevropa davlatlarida jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o‘z mijozlariga yana-da qulaylik va foydali xizmatlarni taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan keng foydalanadi.

Bugungi kunda raqamli bank sanalmish “Anorbank” va “TBС bank”lar ham o‘z mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to‘liq raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu shuni anglatadiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Yaʼni, raqamli bank tizimida mijozga mobil dasturi, mobil dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan taʼmirlangan bank operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi taqdim etiladi.

          Albatta savol tug‘iladi, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari bilan yangi tashkil etilgan raqamli banklar o‘rtasida qanday farq mavjud?

Raqamli banklar:

- bank filiallari tarmog‘ining kengaytirilmasligi;

- bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa tizimining 100 foiz o‘rnatilganligi;

-  sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan mobil ilova;

- bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar uchun eng qulay sharoitlar (yaʼni, mijoz talabidan kelib chiquvchi);

- tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi;

 Xususiy yoki davlat banklari:

-  Bank filiallar tarmoqlarining har bir tuman, shahar va viloyat kesimida faoliyat yuritishi, sifat darajasiga eʼtiborning sustligi;

-  Bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa o‘rnatish holatining pastligi;

-  Mobil ilovalari nomiga chiqarilib, foydalanuvchi bir marotaba kiradi va qayta kirmaslikka ahd qiladi (mobil ilovalarda oddiy kartadan-kartaga pul o‘tkazish yoki kommunal to‘lovlar to‘lash jarayonlarida doimiy muammolar mavjud bo‘lim, ko‘p holatlarda tizimda uzilishlar kuzatiladi);

-  bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar chiqariladi, ammo ko‘p holatlarda faqat tanish-bilishchilik katta rol o‘ynaydi (agar tanish bo‘lmasa, o‘sha mijoz 3 oy va undan ko‘p muddatga sarson-sargardonlikda yuradi).

-  tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlari nomigagina faoliyat yuritadi, mijoz bir savoliga javob olish uchun bankning barcha bo‘limlari mutaxassislari bilan so‘zlashishiga to‘g‘ri keladi. Mijoz vaqti, telefon aloqa xizmati uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan summa hisobga olinmaydi.

Demak, moliyaviy xizmatlarning raqamli transformatsiyasi bank mijozlari uchun keng imkoniyatlar yaratib, moliyaviy faollikni oshirish uchun muhim bosqich sanalish bilan birga, mijozlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Yaʼni, raqamli banklarning istiqbollaridan biri, bu moliyaviy tarmoqlarni raqamlashtirish evaziga xizmatlar tannarxi 40-60 foizgacha pasaytirilishiga erishiladi. Mijozlar bankka tashrifi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt hamda mablag‘larini tejashiga imkon yaratadi.

Bir so‘z bilan aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli bank tizimida ishlashga o‘zgarishi bu – yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi hamda raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.

14:42 • 26 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish