Top.Mail.Ru

Omonatlar: So'mdagi eng yaxshi takliflar sharhi - 2021 yil iyul oyi uchun.

Omonatlar: So'mdagi eng yaxshi takliflar sharhi - 2021 yil iyul oyi uchun.

Omonatlar: So'mdagi eng yaxshi takliflar sharhi - 2021 yil iyul oyi uchun.

Maʼlumki, bank omonatlari insonlarning o‘z jamg‘armalarini qadrsizlanishidan himoyalash va qo‘shimcha foyda olish imkoniyati sifatida qaralgan. Har bir insonda pul foydasiz yuk bo‘lib turmasligi, balki daromad keltirishi kerak degan tushuncha mavjud.  Keling, tijorat banklaridagi moliyaviy investitsiyalarning, yaʼni omonatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini baholaylik. Demak, buni eng yuqori foizdagi omonatlarni taqdim etgan banklar misolida ko‘rib chiqamiz.
Eng yuqori foiz stavkalarini bugungi kunda TBC bank ("TBC Depozit"  23%) va Anorbanklar ("Smart 2.0" va “SHOSHILMASDAN 2.0"  - 23%) taqdim etmoqda. Bunda, TBC bankda cheklanmagan muddatga omonatga mablag‘ yo‘naltirilsa, Anorbank omonatlarida mos ravishda 13 oy va 370 kungacha bo‘lgan muddatlarga omonat joylashtirish imkoniyati yaratilgan.
TBC bankning "TBC Depozit" omonatining afzalligi shundaki, omonat muddati va minimal summa cheklanmagan va qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, foizlar har oyda to‘lab boriladi,. Omonatga yo‘naltirilgan mablag‘ni mijoz qisman yechishi ham mumkin. Omonatda foizlar kapitalizatsiyasi ham mavjud. Mijoz uchun eng qulay va foydali jihatlardan biri, bu omonatga mablag‘ni onlayn shaklda joylash mumkinligidir, bunda mijozning vaqti ham tejaladi. Foizlar pulning depozitda saqlangan asl kalendar kunlari asosida hisoblab chiqiladi. Depozitdagi pul mablag‘lari va foizlarni Karta hisobvarag‘i (plastik karta) yoki Mijozning Bankda ochilgan joriy hisob raqamiga o’tkazish mumkin.
Anorbank tomonidan taqdim etilgan "Smart 2.0" omonatida foizlar imtiyozli yechish davri ko’ra oyma-oy o‘zgarib boradi, yaʼni  1 oygacha - 0%, 2 oydan 3 oygacha - 19%, 4 oydan 6 oygacha - 20%, 7 oydan 9 oygacha - 21%, 10 oydan keyin - 23%. Ushbu omonat afzalliklaridan biri mablag’larni omonatning eng kam summasini (100 ming so'm) qoldirgan holda yechishga ruxsat beriladi. Shuningdek, omonatga mablag‘ni onlayn shaklda joylash mumkinligidir. Bu omonatning kamchiligi foizlar bo‘yicha kapitalizatsiyaning mavjud emasligi hamda ortiqcha to‘langan foizlar summasi omonat asosiy summasidan ushlab qolinadi. Foizlar summasi pul mablag‘larining omonatda turgan to‘liq oylar uchun to‘lanadi. Shuningdek, mazkur omonatni ochish uchun mijoz albatta Anorbank kartasi egasi bo‘lishi shart. Boshqa bank mijozlari o‘z plastik kartalari bilan omonatga mablag‘ qo‘ya olmaydi. 
Anorbank tomonidan taqdim etilgan “SHOSHILMASDAN 2.0" omonatida dastlabki 3 oy davomida omonatni to'ldirishga ruxsat beriladi. Omonat kamchiliklaridan biri bu foizlar 1-3 oy uchun 19%, 4-6 oyuchun 22%, 7-9 oy uchun 24%, va 10-12 oy uchun 27% stavkasida hisoblanishidir. Ya’ni, 27% gacha deyilgani bilan, butun muddat uchun haqiqiy stavka 23% bo’ladi. Shuningdek, omonat shartlarida  mablag’larni qisman yechish va kapitalizatsiya mavjud emas. Mazkur omonatni ochish uchun mijoz albatta Anorbank kartasi egasi bo‘lishi shart. Boshqa bank mijozlari o‘z plastik kartalari bilan omonatga mablag‘ qo‘ya olmaydi. Afzalligi esa, omonatga mablag‘ni onlayn shaklda joylash mumkinligidir. Qolaversa, Omonat shartlarida imtiyozli yechish mavjudligi. Bunga ko’ra omonat muddatidan oldin qaytarib olinganda pul mablag’larining omonatda turgan to‘liq oylar uchun to‘langan foizlar summasi mijozda qoladi. Ya’ni, kuyib ketmaydi.
Shu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan “Depozit.uz” saytining “Omonatlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.
 

17:33 • 15 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish