Top.Mail.Ru

Оmonatlar foizlaridagi o‘zgarishlar

Ayrim banklar bu hafta omonatlar foizini oshirdi. Keling, omonat foizlarini oshirgan banklar bo‘yicha yangiliklarni ko‘rib chiqamiz.

Оmonatlar foizlaridagi o‘zgarishlar

Ayrim banklar bu hafta omonatlar foizini oshirdi. Keling, omonat foizlarini oshirgan banklar bo‘yicha yangiliklarni ko‘rib chiqamiz.

Birinchi raqamli bank hisoblangan TBС bank omonatga mablag‘ni - yillik 23 foiz stavkasi bilan taklif etdi.  Miqdor yoki muddat bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q: istalgan vaqtda depozitga pul qo‘yishingiz, kerakli davr mobaynida ushlab turishingiz va istalgan vaqtda pulni yechib olishingiz mumkin. Eng muhimi, bu depozit onlayn ochiladi va mijoz vaqti tejaladi.

Agrobank 13 oy muddatga yangi “Progress” omonatini joriy qildi. Bunda, yillik foiz stavkasi – 22 foizni tashkil etadi. Mijoz uchun qulayligi omonatni "Agrobank Mobile" orqali onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud hamda hisoblangan foizlar oyda bir marta mijoz talabiga binoan naqd yoki plastik karta hisob raqamiga o‘tkaziladi. Omonatning minimal summasi – 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Savdogarbank mijozlar uchun 18 oy muddatga, yillik – 22 foizdan yangi “Yuksalish sari” onlayn omonatini taqdim etdi. Omonatga mablag‘lar naqd pul va naqdsiz shaklda qabul qilinib, omonatning minimal miqdori 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Omonat foizlari har oy to‘lab beriladi. Biroq, omonat o‘z muddatidan avval olish istagi bildirilsa, foizlar to‘lanmaydi va qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati mavjud emas.

Kapitalbank esa 25 oy muddatga yillik 22 foizdan “Baraka” omonatini taqdim etmoqda. Boshlang‘ich to‘lovning eng kam miqdori - 1 000 000 so‘m bo‘lib, omonat bankka naqd pul shaklida ham, onlayn shaklda ham kiritilishi mumkin. “Baraka” omonatini to‘ldirish faqat dastlabki 18 oy davomida ko‘zda tutiladi. Agar mijoz omonatni muddatidan oldin qaytarib olishni istasa albatta ruxsat beriladi. Faqat shu jihatiga ahamiyat berish darkor, agar omonat muddatidan oldin talab qilib olinsa, to‘langan foizlar yillik 16 foiz stavka bo‘yicha qayta hisoblab chiqiladi. Bunday holda, to‘langan va hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq omonat miqdoridan ushlab qolinadi.

Asia Alliance Bank tomonidan jismoniy shaxslarga 12 oy muddatga taklif etilayotgan "Orzu sari onlayn" omonati yillik foiz stavkasi: 3 oygacha – yillik 23% dan, 3 oydan 6 oydagi - yillik 22% dan, 6 oydan 9 oygacha – yillik 21%, 9 oydan 12 oygacha – yillik 20 foiz hisoblanadi. Omonatning minimal summasi - 5 000 000 so‘m. Bu omonatda kapitallashtirish mavjud emas, agar omonat muddatidan avval yopilsa, foizlar quyidagi miqdorda to‘lanadi: 6 oygacha - yillik 16%,6 oydan so‘ng - yillik 17% hisobidan. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatda saqlangan kunlari uchun to‘lanadi.

Davrbank esa, “Yuqori” muddatli omonatini joriy etdi. Omonatga mablag‘lar naqd va naqdsiz shaklda qabul qilinadi. Omonatning minimal qiymati — 1 mln. so‘m bo‘lib, dastlabki 6 oy ichida hisobni to‘ldirish imkoniyati mavjud. Endi yillik foizlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1-3 oygacha – 18 foiz, 4-6 oygacha – 21 foiz, 7-9 oygacha 23 foiz hamda 10-12 oygacha  - 26 foizni tashkil etadi.

17:20 • 26 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish