Top.Mail.Ru

Oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun qo‘yiladigan birinchi qadamlar.

Aholini doimiy qiziqtirgan savol bu:

Oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun qo‘yiladigan birinchi qadamlar.

 Aholini doimiy qiziqtirgan savol bu:

  • Oilaviy tadbirkorlikni qanday boshlash mumkin?
  • Qaysi sohalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi?
  • Yoshlar uchun imtiyozli kredit olishning shartlari nimalardan iborat?

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun Prezident tomonidan tasdiqlangan dastur doirasida Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizda 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit ajratiladi. Yaʼni, yosh tadbirkor dastlabki 3 yil davomida faqat kredit foizini, 4-yildan boshlab esa kredit bo‘yicha ham asosiy qarz, ham foiz to‘lovini to‘laydi.

Shu bilan birga, yosh tadbirkorlar mikrokreditlar olgan holda tadbirkorlik boshlashlari ham mumkin. Bunda mikrokreditlar jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha taʼminotsiz ajratiladi.

Agar yosh tadbirkor mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan bo‘lsa, uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari asosida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha mikrokredit olishi mumkin.

Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish sohalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-  bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish loyihalari uchun va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida yoshlarning biznes loyihalariga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

- chorvachilik, yaʼni qoramol, qo‘y va echki sotib olish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ajratilishi mumkin.

Bunda kredit bo‘yicha imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati yuzasidan bank filiali, sektor rahbarlari va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlarining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi bo‘lishi lozim.

Shuningdek, kreditlar oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyatlarining uzluksizligini taʼminlash, yaʼni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun zarur aylanma mablag‘larni shakllantirishga 18 oy muddatgacha revolver tarzida ham berilishi mumkin. Bu kreditlardan foydalanib o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga  murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Endi tabiiy savol tug‘iladi, tijorat banklari tomonidan Prezident tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan kredit ajratilishi shartmi? Ha, albatta shart degan tushuncha har bir fuqaro ongida muhrlangan. 

Biroq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilmasdan, rad etilishining qator omillari belgilangan. Xususan:

-        Aholi va tadbirkorlik subyekti ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarmagan bo‘lsa;

-        alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsa;

-        savdo-vositachilikni amalga oshirish istagida kreditdan foydalanishni istasa;

-        umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirishga;

-        ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel, uyali telefon, maishiy texnika va boshqalar) sotib olishga;

-        yengil avtotransport vositalari (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi kichik mototransport vositalari bundan mustasno), jumladan, yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar sotib olishga;

-        maʼmuriy xarajatlarni to‘lash, jumladan, xizmat avtomobillari taʼminotiga;

-        bino va inshootlar sotib olish va qurish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar AJRATILMAYDI.

Shuni alohida taʼkidlash joizki,  “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeyi va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha dala do‘koni, urug‘lik, mineral o‘g‘it va ko‘chat do‘konlari tashkil qilish bo‘yicha ko‘zlangan maqsadlar hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish uchun kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

11:05 • 26 May, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish