Top.Mail.Ru

Nega bankomat kursi ayirboshlash shoxobchasi kursidan farq qiladi?

Nega bankomat kursi ayirboshlash shoxobchasi kursidan farq qiladi?

Nega bankomat kursi ayirboshlash shoxobchasi kursidan farq qiladi?

Bugun bank tizimi kundan-kunga rivojlanib, aholi va tadbirkorlar uchun ko‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Birgina AQSH dollarini ayirboshlash masalasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bundan 5-10 yil avval valyuta taqchilligi kuzatilib, aholi orasida AQSH dollarini so‘mga yoki so‘mni AQSH dollariga ayirboshlashga ehtiyoji tug‘ilsa albatta “qora bozor”ga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Banklarning aholi uchun yaratayotgan qulayliklari bisyor albatta. Buni tan olish joiz. Biroq, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi aholi, jumladan yoshlardan tortib nafaqa yoshidagi fuqarolarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin, - degan fikr shakllanayotgan bir davrda tijorat banklari tomonidan faqatgina ayirboshlash shoxobchalariga aholini jalb qilishlari bu juda achinarli holat. Keling, bu masalani ochiqlaymiz.
Ayni damda aholi gavjum joylarda tijorat banklari tomonidan istalgan valyutani ayirboshlash uchun ko‘pfunksional bankomatlar o‘rnatilganligi hech kimga sir emas. Darhaqiqat, bu juda quvonarli holat. Lekin tanganing teskarisini qaraydigan bo‘lsak, mana shu o‘rnatilgan bankomatlardagi sotib olish kursi bilan ayirboshlash shoxobchalaridagi sotib olish kursi o‘rtasidagi farq aholini bankomatlardan emas, ayirboshlash shoxobchalaridan foydalanishlariga majbur qilmoqda. Chunki, kurs bankomatda 10500 so‘m bo‘lsa, ayirboshlash shoxobchasida 10550 so‘mni tashkil qiladi. Vaholanki, hozirgi pandemiya sharoitida bank binosida joylashgan ayirboshlash shoxobchalaridagi turnaqator navbatlarni yo‘qotish uchun Birgina kursning tafovutini yo‘qotish zarur emasmi?
Jumladan, ayirboshlash shoxobchasi va bankomatlardagi kursning bir xil bo‘lishi banklarning ish samaradorligining ham oshishiga sabab emasmi? Chunki bankomatlar 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, bankomat uchun bayram kunlari farqi yo‘q. Bank bankomatni mablag‘ bilan to‘ldirib qo‘ysa bo‘lgani, daromadini olaveradi. Ayirboshlash shoxobchasida esa kassir va nazoratchi o‘tirsa, ularning ish haqi xarajatlari, elektr energiyasi, qog‘oz va boshqa xarajatlarning ham kamayishiga olib kelmaydimi?
Haqiqatga yaqin kelish va sotib olish kursi bo‘yicha o‘rtadagi tafovutni farqlash maqsadida biz Trastbank (shoxobchada – 10 570 so‘m, bankomatda 10400 so‘m), Ipak yo‘li banki (bankomatda 10 400 so‘m, shoxobchada 10 550 so‘m), Turonbank (bankomatda 10 300 so‘m, shoxobchada 10580 so‘m) va Mikrokreditbanklaridagi (bankomatda 10 400 so‘m, shoxobchada 10580 so‘m) valyuta ayirboshlash shoxobchalariga kirdik. Albatta, mazkur banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalarida odamlar gavjum. – Nima sababdan siz hududlarda joylashgan ko‘pfunksional bankomatlardan navbatsiz valyutani ayirboshlamaysiz? – degan savolimizga ismini sir saqlashimizni istagan mijoz kichik summada farq bilinmasligini, biroq kattaroq summadagi AQSH dollarini almashtirishda o‘rtadagi farq sezilarli darajada ekanligi, shu sababli vaqtiga achinmay ayirboshlash shoxobchasida turnaqator navbatda turishga rozi ekanligini bildirdi.
Shu jumladan savol tug‘iladi, hozirgi pandemiya sharoitida kundan-kun yana kasallar soni ortayotgan vaqtda, ayirboshlash shoxobchasiga nisbatan bankomatlardagi kursni arzon qilishdan kim manfaatdor? Bu savolimizga tegishli mutasaddi tashkilotlardan javob kutib qolamiz.

22:45 • 21 May, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish