Top.Mail.Ru

Moody‘s O‘zbekistondagi 14 bankning reytingini ko‘rib chiqdi

Interfaks axborot agentligi xabariga ko‘ra, xalqaro katta uchlikka kiruvchi Moody‘s Investors Service reyting agentligi O‘zbekistondagi 14 bankning reytingini qayta baholadi.

Moody‘s O‘zbekistondagi 14 bankning reytingini ko‘rib chiqdi

Interfaks axborot agentligi xabariga ko‘ra, xalqaro katta uchlikka kiruvchi Moody‘s Investors Service reyting agentligi O‘zbekistondagi 14 bankning reytingini qayta baholadi.

Buning sababi mamlakat suveren uzoq muddatli reytingi prognozining iyul oyi boshida “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgarishi, shuningdek, mamlakat bank sektori bahosining yaxshilanishi, deya xabar beradi agentlik.

Moody‘s Xalq bankining tuzatilgan, Qishloq qurilish banki, Ziraat bankning bazaviy kredit qobiliyati (BSA)ni “b3” dan “b2” darajasiga ko‘tardi. Shuningdek, agentlik Agrobank, Aloqabank, Aziya Alyans bank, Hamkorbank, Invest Finans bank, Ipak Yo‘li bank, Ipoteka bank va Savdogar banklarni “b2" darajasida, Asaka bank va Kapitalbanklarni BSA “b3” darajasida tasdiqladi. Tenge Bankning BSAsi “b3”, tuzatilgan BCAsi esa “ba3” darajasida tasdiqlandi.

"Qishloq qurilish bank"ning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi depozitlari reytingi “B2” dan “B1” darajasiga, Ziraatbankniki - “B3” dan “B2”gacha ko‘tarildi.

Bundan tashqari, Agrobank, Aloqabank, Asaka bank, Ipoteka bank va Xalq banki depozit reytinglari “B1”ga, Aziya-Alyans bank, Hamkorbank, InFinBank, Ipak Yo‘li bank, Savdogar banklarniki “B2”ga, Kapitalbankniki - “B3” darajasida qayd qilindi.

Agrobank, Aloqabank, “Asaka” banki, Hamkorbank, Ipoteka bank, Kapitalbank va Xalq banklarining depozit reytinglari istiqboli “barqaror”dan “ijobiy”ga, Aziya-Alyans bank, InFinBank, Savdogar bank va Ziraat bankniki “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirildi, Ipak Yo‘li banki va Qishloq qurilish bankida “barqaror” darajasida qoldirildi.

Tenge Bank milliy valyutadagi depozitlarining uzoq muddatli reytingi “Ba3” darajasida saqlandi (prognoz “barqaror” bo‘lib qoldi), xorijiy valyutada “B1” (prognoz “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirildi).

Barcha banklarning qisqa muddatli reytinglari va baholari ularning hozirgi darajasida tasdiqlandi.

09:55 • 12 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish