Mamlakatimizda haydalgan avtomobillar uchun kreditlarning tobora ommalashib borayotgani aniq va bu bir qancha omillar bilan bog'liq holatdir.
Avvalo, yangi avtomobillar, to‘g‘rirog‘i, Nexia, Cobalt va Gentra kabi eng ommabop va hamyonbop avtomobillar sotuvda yo’qligidir. Ikkinchidan, ikkilamchi bozordan xarid qilishda bir necha oy kutmasdan, hujjatlar taqdim etilgandan so'ng, o’sha zahotiyoq avtomobil egasiga aylanish mumkinligidir. O'z navbatida, haydalgan avtomobilni sotib olayotganda siz narxlarni, texnik parametrlarni, nuqsonlarning mavjudligini va hokazolarni analoglar bilan solishtirish imkoniyatiga egasiz. Shunday qilib, ikkilamchi bozor takliflari yangi avtomobillarga muqobil variant bo'ladi (birinchi navbatda mijozga qoniqtiradigan narx nuqtai nazaridan).
Haydalgan avtomobil uchun avtokredit har doim banklar uchun katta xavf tug'diradi, shuning uchun bunday takliflar bo'yicha stavkalar yangi avtomobil uchun kreditga qaraganda bir oz yuqoriroqdir.
Avtokreditlarni taqdim etuvchi deyarli barcha banklar haydalgan mashina sotib olish uchun ham avtokredit taklif qiladilar. Ular bo’yicha o'rtacha foiz stavkasi 23% dan 36% gachani tashkil qiladi, bu kredit hajmiga, kredit muddatiga va dastlabki to'lovga bog'liq.
Katta ehtimol bilan, bank sizdan talab qiladigan dastlabki to'lov transport vositasi narxining 20-30 foiziga teng bo'ladi. Shuningdek, boshlang’ich to’lov talab etilmaydigan takliflarni ham topish mumkin.
Ko'pincha, haydalgan avtomobil uchun avtokredit 5 yilgacha bo'lgan muddatga beriladi. Agar urinib ko'rsangiz, 7 yilga kredit beradigan banklarni ham topishingiz mumkin. Ammo bunday muddat uchun siz yuqori foiz stavkasini to'lashingiz kerak bo'ladi.
Kredit olish uchun ariza bir necha kun ichida ko'rib chiqiladi. Unda avtomobil markasi va uning sotuvchisi ko'rsatilishi kerak.
Bunday avtokreditlar bo'yicha banklar qarz oluvchilar uchun qo'shimcha shartlar va cheklovlarni ilgari suradilar: ishlab chiqarilgan mamlakat, avtomobil ishlab chiqarilgan yili va yurgan masofasi va ushbu ko'rsatkichlarga qarab, kredit muddati, dastlabki to'lov va kredit bo'yicha foiz stavkasi belgilanadi.
Ikkilamchi bozordan kreditga sotib olingan avtomobilning yoshi, qoida tariqasida, besh yildan oshmasligi kerak, istisno hollarda, yetti yildan oshmasligi mumkin. Shuningdek, banklar ko'pincha faqat mahalliy ishlab chiqarilgan haydalgan avtomobillar uchun, kamdan-kam hollarda esa import qilingan avtomobillar uchun avtokredit beradi.
Aksariyat banklar qarz oluvchiga to'g'ridan-to'g'ri xususiy shaxsdan foydalanilgan mashina sotib olishni taklif qiladilar, ammo ba'zilari faqat rasmiy dilerlar orqali mashina sotib olish dasturlarini amalga oshiradi.
Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar yangi mashina sotib olish bilan bir xil: 18 yoshdan katta, doimiy rasmiy daromad, ma'lum umumiy ish tajribasi, shu jumladan oxirgi ish joyida stajga ega bo’lish zarur. Biroq, ba'zi banklarda, rasmiy daromadi bo'lmagan shaxslar uchun ham haydalgan avtomobillar uchun avtokreditlar, yuqori to'lovni amalga oshirish va yuqori foiz stavkasini belgilash sharti bilan ham mavjud.
Bundan tashqari, kredit hisobiga foydalanilgan avtomobilni sotib olishning majburiy sharti bo’lib mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan avtomobilning bozor qiymatini baholash hisoblanadi.
Haydalgan avtomobilni kredit orqali sotib olishning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Kamchiliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Bularning barchasiga asoslanib, xulosa qilishimiz mumkinki, agar siz haydalgan avtomobil uchun eng qulay shartlarda avtokredit olishni istasangiz, orzuingizdagi mashinani topishda juda ehtiyot bo'lishingiz kerak. Kreditning narxi va uning muddati kabi kredit shartlari qilingan tanlovga bog'liq bo'ladi.
O'zbekiston banklarida barcha mavjud avtokreditlar shartlari bilan Avtokreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.