Top.Mail.Ru

Kapitalizatsiyaga ega omonatlar: ular bo'yicha foizlar qanday hisoblab chiqiladi va bundan qancha daromad olish mumkin.

Banklar o'z mijozlariga turli shartlardagi omonatlarni taklif qiladi, ular orasida foizlar kapitalizatsiyasiga ega bo’lgan va ega bo’lmagan omonatlarni tanlash ham mumkin.

Kapitalizatsiyaga ega omonatlar: ular bo'yicha foizlar qanday hisoblab chiqiladi va bundan qancha daromad olish mumkin.

Bunday omonatlar murakkab foizlar hisoblanishini nazarda tutadi. Bu turdagi omonatlar hamma uchun ham mos kelmaydi, ular asosan omonatdan har oyda daromad olishni rejalashtirmagan odamlarga to’gri kealdi. Kapitalizatsiya har doim ham foydali bo'lmaydi - shartlar ba'zan shunday yoziladiki, murakkab matematik hisob-kitoblarsiz biror narsani tushunish juda qiyin.

Kapitalizatsiyaga ega omonatlar deganda, omonatchining hisobvarag'ida mavjud bo'lgan umumiy pul miqdori bo'yicha foizlarning muntazam hisoblanishini tushuniladi. Ya'ni, bank mijozning hisobidagi omonat uchun foizlar hisoblaydi, keyin bu foizlar ham o'sha hisob raqamga o'tkaziladi, bu omonatning umumiy miqdorini oshiradi va foizlar omonatchining dastlabki omonat miqdoriga emas, balki uning hisobvarag'idagi umumiy summasiga hisoblanadi.

Omonatdagi pul miqdori oshgan sari hisoblanadigan foizlar miqdori ham oshib boradi. Shunday qilib, foizlar kapitalazitsiyasidan haqiqatan ham qo’shimcha pul ishlash mumkin. Biroq bundan oldin ba’zi jihatlarni bilish muhim.

Masalan, ikkita bank o‘z omonatchilariga jamg‘armalari bo‘yicha yillik 20 foiz va’da qilishi mumkin – lekin chuqurroq o‘rganib chiqsak, har bir bankka 100 million so‘mdan mablag’ kiritilsa, birinchisida mijoz yiliga 20 million so‘m daromad oladi, ikkinchisida esa – 21,672 mln. so‘m. Hamma gap foizlar hisoblanishidadir.

Banklar foizlar hisoblanishi bo’yicha uchta asosiy usulni taklif qiladi:

  • foizlar omonat muddati oxirida to'lanadi;
  • foizlar har oy/chorak/yilda mijozning hisob raqamiga yoki kartasiga o’tkaziladi;
  • foizlar har oyda/chorakda/yilda hisoblanadi, lekin to'lanmaydi, biroq omonatning asosiy summasiga qo'shiladi va keyingi davrda foizlar kattaroq miqdorda hisoblanadi.

Bank foizlarni oldindan to'lashi usuli ham mavjud, lekin bu usul kamdan-kam holatlarda ishlatiladi.

Aslida, ikkinchi va uchinchi usullar deyarli bir xil, shunchaki mijoz hisoblangan foizlarni olishi mumkin yoki uni omonat hisobvarag'iga o’tkazishni tanlashi mumkin.

Uchinchi usul foizlar kapitalizatsiyasi bilan omonat deb ataladi - unda murakkab foizlar formulasidan foydalaniladi. Birinchi usulda esa oddiy foizlar qo'llaniladi. Umuman olganda, murakkab foiz bu oddiy maktab matematikasidir, ammo banklarning hiyla-nayranglari tufayli mijozlar hisob-kitoblarda adashishlari mumkin.

Bir qarashda, murakkab foizlar har doim oddiy foizlardan ko'ra foydaliroqdir - axir, mijoz foiz uchun foiz oladi, bu esa uning umumiy daromadini oshiradi. Bizning misolimizda ham bu yaqqol ko‘rinib turibdi: kapitalizatsiya ega bo’lgan omonatga yillik 20 foiz bilan 100 million so‘mni qo’ygan mijoz oddiy foiz sxemasiga qaraganda yiliga 1,672 million so‘m ko‘proq foyda oladi. 

Foiz kapitalizatsiyasi ega bo’lgan omonatlarning farqi shundaki, foizlar omonat muddati davomida bir necha marta hisoblab chiqiladi va uning asosiy summasiga qo'shiladi. Bu murakkab foizlar sxemasiga to'liq mos keladi.

Yil davomida kapitalizatsiya qancha ko'p bo'lsa, omonat shunchalik daromadli bo'ladi. Nazariy jihatdan, eng daromadli omonat har kunlik kapitalizatsiya ega bo’lgan omonatdir, ammo banklar bunday shartlarni taklif qilmaydi - foizlarni hisoblashning minimal muddati bir oydir.

Shunga ko'ra, kapitalizatsiya oddiy foizdan ko'ra foydaliroqdir va foizlar qanchalik tez-tez kapitalizatsiya qilinsa, omonatchi shunchalik yuqori daromad oladi.

Foizlar kapitalizatsiyasifa ega bo’lgan milliy valyutadagi omonatlarni taqqoslaylik. 

Bank nomiOmonat nomiFoiz stavkasiMuddati Kapitalizatsiya sharti
Hamkorbank Bahor 20%18 месяцевHar oyda, foizlar talab qilinmaganda
Qishloq qurilish bankYangi yoshlar19%18 летHar oyda, foizlarni olish imkoniyatisiz
Farovon 16.28%25 месяцевHar oyda, foizlarni olish imkoniyatisiz
Ipotekaga boshlang’ich badal15%25 месяцевHar oyda, foizlarni olish imkoniyatisiz
TBC BankTalab qilib olingincha18%Не ограниченоHar oyda, foizlar talab qilinmaganda
NBUSarmoya17%13 месяцевHar oyda, foizlarni olish imkoniyatisiz
Agrobank Baxtli bolalik15%10 летHar oyda, foizlar talab qilinmaganda
Ipoteka-bankNavqiron15%16 летHar oyda, foizlar talab qilinmaganda
Mustaqillik11%12 месяцевHar oyda, foizlar talab qilinmaganda
Turon bankMeros9%18 летHar oyda, foizlar talab qilinmaganda

Foizlar kapitalizatsiyasifa ega bo’lgan xorijiy valyutadagi omonatlar

Bank nomiOmonat nomiFoiz stavkasiMuddati Kapitalizatsiya sharti
Turon bankMeros4%18 летHar oyda, foizlar talab qilinmaganda
Qishloq qurilish bankStandart3.83%3 годаHar oyda, foizlarni olish imkoniyatisiz

Yuqoridagi jadvallardan ko'rinib turibdiki, kapitalizatsiya imkoniyati mavjud bo'lgan omonatlar bo'yicha foiz stavkalari o'rtacha stavkalardan ancha past, shuning uchun samarali stavka, ya'ni omonatlarning real daromadlilik darajasi taxminan bir xil bo'ladi.

Shuning uchun, kapitalizatsiyasiz omonat ochish yaxshiroq bo'lgan holatlarlar ham,  kapitalizatsiya daromadliroq bo'lgan holatlar ham uchrab turadi. Ya'ni, barchasi ma'lum bir bankning shartlariga bog'liq.

Bunday hollarda biz quyidagi tavsiyalarni berishimiz mumkin:

  • Omonatlarni solishtirishning eng yaxshi usuli - butun muddat uchun foizlar miqdorini hisoblashdir. Bu orqali bank nominal yoki samarali stavkani ko'rsatganligini va qaysi birini tanlash foydaliroq bo'lishini aniqlash mumkin bo'ladi;
  • agar kapitalizatsiyaga ega bo’lgan omonat bilan va kapitalizatsiyasiz omonat shartlari bir xil bo'lsa, kapitalizatsiyaga ega bo’lganini tanlash yaxshidir - chunki agar zarur hollarda foizlarni olish mumkin va omonat muddatidan oldin tugatish stavkasi bo'yicha qayta hisoblanmaydi.

Bu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan Omonatlar sahifasida tanishish mumkin.

14:41 • 26 October, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish