Top.Mail.Ru
25-October, 18:11 |  1,077

Jismoniy shaxslar O‘zbekistondan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochishga haqlimi?

2019-yil 22-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Valyutani tartibga solish to’g’risida” gi qonunda O‘zbekistondan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochish uchun qo’yilgan cheklov va talablarni chiqarib tashlagan — Bunda ya’ni rezident jismoniy shaxslar O‘zbekiston banklarida va O‘zbekistondan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochishga haqli.

Jismoniy shaxslar  O‘zbekistondan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochishga haqlimi?

Qonunga ko‘ra, Xulosa qiladigan bo’lsak,  jismoniy shaxsning chet elda hisob raqamlar ochishiga hech qanday ruxsat talab etilmaydi. Fuqaro o‘zi istagan bankda, o‘zi tanlagan xorijiy mamlakatda hisob raqam ochishi va mazkur hisob raqamdan erkin foydalanish huquqiga ega.


Rezident yuridik shaxslar O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq organlarini hamda Markaziy bankni hisobvaraqlar ochilganligi (yopilganligi) to‘g‘risida va hisobvaraqlarning rekvizitlari o‘zgarganligi haqida, shuningdek, ushbu hisobvaraqlardagi qoldiqlar va aylanmalar to‘g‘risida Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda har chorakda, hisobot choragi tugaganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan xabardor qilishi shart.

Shuningdek, qonunga muvofiq, rezidentlar O‘zbekiston banklaridagi yoki O‘zbekistondan tashqaridagi banklardagi o‘z hisobvaraqlaridan O‘zbekiston banklaridagi o‘z hisobvaraqlariga chet el valyutasini cheklovlarsiz o‘tkazish huquqiga ega.

 Teglar

Omonatlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish