Qimmatroq uy jihozi yoki maishiy texnika xarid qilish kerak bo‘lganda, jamg‘armalar esa yetarli bo‘lmaganda, iste’mol krediti bu vaziyatning to’gri yechimi bo‘lishi mumkin. Iste’mol kreditini qayerdan va qanday shartlarda olish mumkinligini aytib beramiz.
Iste'mol krediti – bu bankdan ma'lum maqsad uchun - o'zingiz yoki oilangiz uchun tovar va xizmatlar sotib olish uchun qarzga olingan puldir. Iste'mol krediti mijoz mahsulot yoki xizmatni sotib olgan tashkilotning hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan taqdim etiladi. O‘zbekistonda iste’mol kreditlari uchun zaruriy shart – sotib olingan mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.
2022-yil sentabr holatiga ko‘ra, 33 ta bankdan 17 tasida iste’mol kreditlarini rasmiylashtirish mumkin, kreditning maksimal miqdori 150 million so‘m, foiz stavkasi 23,5 foizdan 37,99 foizgacha, muddati 1 yildan 4 yilgachani tashkil etadi. Milliy bank va O‘zsanoatqurilishbank 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr taqdim etadi.
Quyidagi jadvalda tijorat banklarining barcha iste’mol kreditlari bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan.
Bank | Foiz stavkasi | Kredit muddati | Maksimal summa |
Ziraat bank | 23.5% | 1 yil | 90 mln |
24.5% | 2 yil | ||
25.5% | 3 yil | ||
Ipoteka-bank | 24% | 4 yil | 45 mln |
Asia Alliance bank | 24% | 1 yil | 150 mln |
26% | 3 yil | ||
O’zsanoatqurilishbank | 25% | 1 yil | 150 mln |
26% | 2 yil | ||
27% | 3 yil | ||
Trastbank | 25% | 1 yil | 30 mln |
27% | 2 yil | 60 mln | |
NBU | 25% | 1 yil | 60 mln |
26% | 2 yil | ||
27% | 3 yil | ||
Saderat bank | 26% | 3 yil | Shartnomaga asosan |
Ipak Yo’li bank | 26.9% | 3 yil | 80 mln |
Orient Finans bank | 26.9% | 3 yil | 50 mln |
Poytaxt bank | 27% | 2 yil | 60 mln |
Mikrokreditbank | 27% | 4 yil | 80 mln |
Garant bank | 27% | 2 yil | 90 mln |
Hamkorbank | 27.99% | 1 yil | 60 mln |
33% | 2 yil | ||
36% | 3 yil | ||
Turonbank | 29% | 3 yil | 90 mln |
Aloqabank | 32% | 3 yil | Shartnomaga asosan |
Universal bank | 34% | 3 yil | 60 mln |
Infinbank | 37.99% | 1.5 yil | 30 mln |
Yuqoridagi banklardan Ipoteka-bank va Saderat bank iste’mol kreditini faqat o’zining korporativ mijozlari xodimlariga taqdim etadi.
Iste’mol kreditlari uchun garov sifatida kredit summasiga qarab uchinchi shaxs kafolati, sug‘urta polisi yoki mol-mulk garovi talab etiladi.
Faqat bitta bank - Garant bank kredit bo'yicha 20-50% miqdorida dastlabki to'lovni talab qiladi.
Barcha iste'mol kreditlari bo'yicha batafsil ma'lumotni Iste'mol krediti sahifasida olish mumkin.
O’zingizning kreditga layoqatliligingizni tekshirish orqali qaysi banklarda iste’mol kreditini olishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin.