Oddiy muddatli omonatlar bo'yicha foizlar omonat ochilganidan keyin ma'lum davr o’tganidan so’ng to'lab beriladi. Masalan, muddat oxirida, har oyda, har chorakda, yarim yilda yoki yilda bir marta.
Shu bilan birga, omonatlar bozorida foizlar muddat boshida yoki har kuni to'lanadigan omonatlar takliflari ham mavjud. Bunday mahsulotlarning xususiyatlari va ularni qaysi banklarda rasmiylashtirish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.
Avans to'lovli omonatlar bo’yicha foizlar qanday to’lanadi?
Omonat ochilganidan va unga pul qo’yilganidan so‘ng foizlar omonatchiga shartnoma shartlariga muvofiq hisob-kitob davrining boshida to‘liq yoki qisman to‘lab beriladi.
Agar mijoz omonatni kelishilgan muddatdan oldin yopsa, bank pulni muddatidan oldin yopish shartlari asosida qaytaradi. Misol uchun, agar ushbu shartlar "Talab qilib olinguncha" omonat stavkasi bo'yicha foizlarni to'lashni nazarda tutsa, omonatchi oladigan yakuniy daromad aynan shu miqdorda bo’ladi. Bank qaytarilishi kerak bo'lgan umumiy summadan ilgari to’langan foizlarni ushab qoladi.
Foizlari oldindan to'lanadigan omonatlarning xususiyatlari
Omonat bo'yicha foizlarni oldindan to'lash oldindan belgilangan daromadni nazarda tutadi. Bundan kelib chiqadiki, bunday omonatlar bo’yicha qo’shimcha mablag’ kiritish va qisman yoki to’liq yechib olishga yo'l qo'yilmaydi. Bundan tashqari, ular bo'yicha foizlar kapitalizatsiyasi mavjud emas.
Bunday omonatlarning asosiy afzalligi shundaki, ulardan olingan daromad oddiy omonatlarga qaraganda ertaroq omonatchi ixtiyorida bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, foizlarni kutish shart emas, ular darhol “ish beradi”.
Foizlari oldindan to'lanadigan omonatlar
Quyidagi jadvalda 2022-yil sentabr oyi holatiga muddat boshida to‘lanadigan foizli so‘mdagi omonatlar joriy takliflarining qiyosiy tavsifi keltirilgan.
Bank/omonat | Yillik foiz stavka | Minimal summa | Muddat | |
Bank ofisida | Mobil ilova orqali | |||
Asakabank “Avans” omonati | 17% | 18% | 1 mln. so’m | 6 oy |
19% | 20% | 370 kun | ||
Turonbank “Manfaatli” omonati | 18% | 18% | 1 mln. so’m | 12 oy |
Mikrokreditbank “Avansli foiz” omonati | 16% | 17% | 3 mln. so’m | 6 oy |
17% | 18% | 12 oy |
Daromad haqida nima deyish mumkin
Foizlar oldindan to'lanadigan omonat bo'yicha daromad xuddi shu bankdagi oddiy omonatga qaraganda kamroq bo'lishi mumkin. Chunki, "kechiktirilgan" to'lov bank uchun foydani oshirishni anglatadi. Shuning uchun, har bir so’m muhim bo'lgan omonatchi hamma narsani sinchkovlik bilan hisoblab chiqishi va "oldindan pul" yoki sarmoyadan yuqori daromad o'rtasida tanlov qilishi kerak.
Shuningdek, yaqinda bank omonatlari bozorida yangilik - foizlarni har kuni olish imkoniyati mavjud omonat joriy qilindi. Bunday omonatni Kapitalbankda quyidagi shartlarda ochish mumkin:
Shu bilan birga, omonatni to'ldirish, qisman yechib olish va muddatidan oldin yopishga ruxsat beriladi. Omonatning muhim sharti – “Kapitalbank” ATBning Visa UZS bank kartasiga ega bo’lishdir. Omonat bankning mobil ilovasi orqali rasmiylashtiriladi, foizlar har kuni omonat valyutasida “Kapitalbank” ATBning Visa UZS bank kartasi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
Ushbu va boshqa omonatlar haqida batafsil ma'lumotni Omonat sahifasida ko’rishingiz mumkin.