Iste'mol kreditlari nisbatan kam talab qilinadigan kredit turi bo'lishiga qaramay, deyarli barcha banklar ushbu kreditni mijozlarga taklif qilmoqda.
Bugun e’tiboringizga eng qulay shartlardagi isteʼmol kreditlari bo’yicha ma’lumot beramiz.
1. Ziraat Bank:
- Maksimal summa – 81 mln. so‘mgacha
- Kredit muddati va foiz stavkasi:
- 1-12 oy - 23.5%;
- 13-24 oy - 24.5%;
- 25-36 oy - 25.5%;
- Talab etiladigan ta'minot turi – kredit miqdoriga ko`ra ko`chmas mulk, avtotransport yoki uchinchi shaxs kafilligi.
2. Trast Bank:
- Maksimal summa – 54 mln. so‘mgacha
- Kredit muddati va foiz stavkasi:
- 1-12 oy - 25%;
- 13-24 oy - 27%;
- Talab etiladigan ta'minot turi – kredit miqdoriga ko`ra mol-mulk garovi, sug’urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi.
3. Milliy Bank:
- Maksimal summa – 54 mln. so‘mgacha
- Kredit muddati va foiz stavkasi:
- 1-12 oy - 25%;
- 13-24 oy - 26%;
- 25-36 oy - 27%;
- Talab etiladigan ta'minot turi – kredit miqdoriga ko`ra mol-mulk garovi, sug’urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi.
Eslatib o’tamiz, iste’mol kreditlari quyidagi tovar va xizmatlarni sotib olish uchun berilishi mumkin:
- uy xoʻjaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;
- mebel va boshqa maishiy buyumlar;
- Oʻzbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovkalar;
- tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni oʻtkazish;
- xususiy avtomobillarni taʼmirlash va boshqalar.
Iste’mol kreditlari bo’yicha batafsil ma’lumotni Iste’mol krediti sahifasidan olish mumkin.