Top.Mail.Ru

Elektromobillar maxsus raqamlarga ega bo‘ladi!

Elektromobillar maxsus raqamlarga ega bo‘ladi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021-yilning 1-oktyabridan boshlab elektromobillar maxsus raqamlarga ega bo‘ladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtiriladi. Bunda elektromobil egasi auksion savdolari orqali yutib olingan va oshirilgan to‘lov stavkasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga almashtirib beriladi.

Xususan qarorning a va b-bandlariga ko‘ra:

-   IE tip – ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning elektromobillariga beriladi.
-   IIIE tip – ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning elektromobillariga beriladi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni bilan tanishish:
https://lex.uz

22:12 • 13 September, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish