10 Jul 2021 |  2,139

Depozit.uz obunachilari diqqatiga!

Depozit.uz sayti tomonidan yangi rukn ishga tushirildi. Sizga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tomonidan huquqingiz buzilish holatlari aniqlansa yoki banklardagi xizmat sifatining pastligi bo‘yicha murojatingiz bo‘lsa @depozit_uz_admin ga murojaatingizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Depozit.uz obunachilari diqqatiga!

Depozit.uz sayti tomonidan yangi rukn ishga tushirildi. Sizga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tomonidan huquqingiz buzilish holatlari aniqlansa yoki banklardagi xizmat sifatining pastligi bo‘yicha murojatingiz bo‘lsa @depozit_uz_admin ga murojaatingizni yozib qoldirishingiz mumkin. Albatta, yozib qoldirgan murojaatchining ismi-sharifi sir saqlanadi. Har bir murojaat Depozit.uz sayti va ijtimoiy tarmog‘i orqali eʼlon qilinib boriladi. Tijorat bank rahbarlarini esa ogohlikka chaqiramiz. Bizning nigohimizga tushmaslik uchun har bir ishga olayotgan xodimingiz bilan suhbatlar tashkil qilib, muomala madaniyatidan ham saboq berishni yo‘lga qo‘ying va xizmat sifatini oshirishga harakat qiling. Shunda, Sizning mijozlaringiz tomonidan yozilgan minnatdorlik izhorlarini eʼlon qilamiz degan umiddamiz.

#Anonim murojaat №1

Mening tashkilotim hisobraqami Kapitalbankning Amaliyot boshqarmasida bo‘lganligi sababli, bugun pul yechish maqsadida bankka soat 12 larda bordim. Tumonat odam yig‘ilgan, karantin qoidasiga bu bankda umuman amal qilinmayapti. Xizmat ko‘rsatish sifati judayam past. Shaxsan o‘zim u yerda 1,5 soat vaqtimni yo‘qotdim. Hisobimdagi 20 mln. so‘mni naqdlashtirishim zarur edi, tumonat odam bo‘lsa ham o‘tirdim. Bankomatdan yechishga 1 % komissiyasi bor. Kel endi, keldim-ku mayli o‘tiraman dedim. 

Menga navbat naqd 1,5 soatda yetib keldi. Endi kassir qiz manga indamasdan 5 ming so‘mlik pulni pachkalab yonimga taxlab tashladi. Meni ustimdan kulyapsizmi, hech bo‘lmasa 50 minglik yoki 100 ming so‘mlik pul bering desam, bizda yirik summa faqat bankomatlar uchun, mijozlarimizga kassadan faqat mayda kupyuradagi pul beriladi degan javobni qaytardi. Iltimos, meni savolimga javob beringlar, xizmat haqi qimmatroq bo‘lsa ham “Premium” xizmat ko‘rsatuvchi bank bormi? Bo‘lsa, u bank nomini aytinglar. Mijoz bankka borganda 1,5 soatlab vaqtini yo‘qotmasin. Asabini buzmasin. Qachon O‘zbekiston banklari ham o‘z mijozlariga Premium xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Nahotki, Bank Boshqaruvlari o‘z xodimlarini muomala madaniyatiga o‘qitishni yo‘lga qo‘ya olmaydi. Kresloga yopishib o‘tirmay pastga ham tushish vaqti yetmadimi?

Hurmatli Markaziy bank masʼullari! Bu kabi masalalarga ham befarq bo‘lmasangiz yaxshi bo‘lardi. Bank tizimi qancha yuqori cho‘qqiga chiqishi ham, kemadan g‘arq bo‘lishi ham Sizlarga bog‘liq. Undan tashqari, tumonat odam yig‘ilayotgan bank kassalarida koronovirus yuqmay to‘xtab turmaydi.

Murojaat yo‘llash 
@depozit_uz_admin
https://depozit.uz/reviews

 Teglar

Banklar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish