Top.Mail.Ru

Davlat ulushi bor respublika tijorat banklarining matbuot kotiblari faoliyati baholandi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan yirik banklar matbuot kotiblari faoliyati baholandi.

Davlat ulushi bor respublika tijorat banklarining matbuot kotiblari faoliyati baholandi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan yirik banklar matbuot kotiblari faoliyati baholandi. 

Matbuot kotiblari haqiqatda bank faoliyatini keng ommaga targ‘ib qiluvchi, bevosita barcha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiluvchi hamda bank haqida aholiga to‘g‘ri maʼlumot yetkazishni taʼminlab beruvchi shaxs hisoblanadi. 

Bugungi baholash jarayonida quyidagilar asosiy mezon qilib olindi: 

✔️   matbuot tadbirlari, ularda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki hamda tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar orqali jamoatchilikka yetkazish, yaʼni ish hajmi;
✔️   matbuot tadbirlariga professional yondashuv, rahbariyatning ishtiroki, axborotni yetkazib berishda turli instrumentlardan foydalanish usullari, yaʼni ish faoliyatining sifati;
✔️   axborotning qamrov miqyosi, sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida yoritish, tanqidiy materiallarga munosabat bildirish darajasi hamda rasmiy veb-sayt, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda axborot berish tezkorligi, tashkilot faoliyati bo‘yicha muayyan voqelik munosabati bilan rasmiy bayonot berish, xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish, yaʼni ish samaradorligi. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, eng yuqori 82,6 ball bilan Qishloqqurilishbank Matbuot kotibi Shuhratjon Oripov, 79,8 ball bilan Sanoatqurilishbank Matbuot kotibi Behzod Bozorov, 69,3 ball bilan Mikrokreditbank Matbuot kotibi Sarvar Ochilovlar faoliyati yuqori baholangan. 

Depozit.uz jamoasi nomidan nomzodlarimizni muborakbod etgan holda, samarali va mashaqqatli mehnatlari munosib taqdirlanayotganidan faxrlanamiz.

16:53 • 25 May, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish