Banklar tomonidan boshlang’ich to’lovsiz avtokreditlar taklifi so’nggi vaqtlarda nisbatan ko’paydi.
Bugungi kunda 33 ta bankdan 5 tasida boshlang’ich to’lovsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin.
Quyida boshlang’ich to’lovsiz beriladigan avtokreditlar va ularning shartlari bo’yicha ma’lumot taqdim etamiz:
Barcha ma’lumotlar banklar rasmiy saytlari va aloqa markazlari ma’lumoti asosida tayyorlangan va Depozit.uz saytida chiqarilgan kun uchun aktualdir.
1. Poytaxt Bank avtokrediti:
Foiz stavkasi – yillik 22%.
Kredit muddati - 4 yil.
Muhim sharti: Kredit ta’minoti sifatida uy-joy (kvartira) garovga qo’yilishi talab etiladi.
2. Ipak Yo’li Banki avtokrediti:
Foiz stavkasi – yillik 26.9%.
Kredit muddati – 4 yoki 5 yilgacha (avtomashina modelidan kelib chiqqan holda).
Muhim sharti: Kredit ta’minoti sifatida uy-joy yoki ekspluatatsiya muddati 3 yildan oshmagan avtotransport vositasi garovga qo’yilishi talab etiladi.
3. Davr bank avtokrediti:
Foiz stavkasi – yillik 27.99%.
Kredit muddati – 5 yil.
Muhim sharti: Rasmiy daromadga ega bo’lmagan shaxslar uchun avtokredit bo’yicha 10% boshlang’ich to’lov talab etiladi.
4. Saderat Bank avtokrediti:
Foiz stavkasi – yillik 28%.
Kredit muddati - 4 yil.
Muhim sharti: Kredit oluvchining yoshi 24 yoshdan yuqori bo’lishi kerak, oylik ish haqi avtomobilning oylik to'lovidan kamida 1,5 barobar ko'p bo'lishi kerak, shuningdek mijozning mavjud umumiy qarzdorligi 100.0 mln. so’mdan oshmagan bo’lishi kerak.
5. Garant bank avtokrediti:
Foiz stavkasi – yillik 32%.
Kredit muddati - 4 yil 3 oylik imtiyozli davr bilan.
Muhim sharti: Avtokredit rasmiy daromadga ega bo’lmagan shaxslar uchun ham taqdim etiladi. Kredit ta’minoti sifatida uy-joy garovga qo’yilishi talab etiladi.
Avtokreditlarning batafsil shartlari, zaruriy hujjatlar va talablari haqida batafsil ma'lumotni Avtokreditlar sahifasi orqali olishingiz mumkin.