Top.Mail.Ru
16-May, 19:59 |  672

Banklarda navbatlar yig’ishdan kim foyda ko’radi?

Aniq hech kim. Olomon navbatlar bank mijozlariga ham, ularning xodimlariga ham faqat salbiy ta’sir qiladi.

Banklarda navbatlar yig’ishdan kim foyda ko’radi?

Unda nega bu muammo hal etilmaydi? To’g’ri, banklar navbat muammosini qandaydir tarzda hal qilish uchun hech narsa qilmayapti, deyish mumkin emas. Ammo, afsuski, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, muammo hal etilmayapti. Keling, aslida nima uchun buday bo'layotganini ko'rib chiqaylik.

Navbatlar - tizim muammosi.

Navbatlar muammosining tizimli xususiyati shundan iboratki, aslida navbatlar paydo bo'ladigan yagona sabab yoki jihat yo'q. Pul kamligi sababli texnik xizmat ko'rsatuvchi xodimlar yetarli emas. Pul kam, chunki kam mijozlarga xizmat qilamiz. Mijozlar kam, chunki xodimlar yetarli emas. Bu ro’yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. Yopiq doiraga o'xshaydi.

Bundan tashqari, ko'pincha ushbu tizimda hech bo'lmaganda biror narsani yaxshilashga urinishlar uning yanada yomonlashishiga olib keladi. Masalan, bir necha yil avval universal xodimlar bilan yuzaga kelgan vaziyatni keltiramiz: bo‘limlarda navbatlar bor, ba’zi xodimlar esa “mijoz meniki emas, mening yo’nalishim boshqa” javob bilan bo‘sh o’tiradilar. Shunda kimdir "kelinglar, hammani universal qilaylik", deb taklif qiladi. Yaxshi fikr! Hamma universal xizmat ko’rsatishga o'tkazildi... natijada navbatlar yanada uzoqroq va uzunroq bo'ldi.

Yana bir misol. Ko'pgina banklar elektron navbat deb ataladigan tizimni joriy qilganlar. Bunda siz bankka kirishda amalga oshirmoqchi bo'lgan bank operatsiyasi turini ko'rsatadigan maxsus qurilma tugmachasini bosishingiz va navbat raqamingiz bilan chipta olishingiz kerak bo'ladi. Ammo ushbu "yangilik" ni joriy etish natijasida, aksariyat hollarda, mijozga emas, balki bank xodimlarining o'zlariga foyda bo’ldi - endi asabiylashgan mijozlar navbati bank xodimining “sehrli darchalari”dan ancha uzoqda, ko'pincha hatto ko’chada ham. Ammo bunday "elektron navbat" bo'lmagan joyda ham mijozlarning ahvoli yaxshi emas. Chunki u yerda siz bank menejeri bilan o'z pulingiz haqida maxfiyliksiz suhbat qurishga majbur bo'lasiz.

Biroq shunga qaramay, astoyidil harakat qilsa hatto eng murakkab masalani ham yechimini topish mumkin. Navbatlar bilan ham shunday - hal qilib bo'lmaydigan muammolar yo'q. Shunchaki "hech bo'lmaganda biror narsani" emas, balki darhol hamma narsani yoki deyarli hamma narsani yaxshilash kerak. Har bir vaziyat uchun barcha cheklovlarni (jismoniy, moliyaviy, resurs, vaqt) hisobga olgan holda yechimni ishlab chiqish mumkin.

Bir nechta misol keltiramiz:

1. Vaqtni egallaydigan keraksiz va uzoq operatsiyalardan voz kechish orqali navbatlarni kamaytirish mumkin. Masalan, omonat ochish jarayonini ko’raylik. Buning uchun bank xodimi mijozni qoldirib, bankning ichki qismiga kirishi, bir necha o'nlab metrlarni bosib o'tishi, maxsus ruxsatnoma bilan bir nechta eshiklardan o'tishi kerak. Navbatdagi mijozlar esa bo'sh turgan ish joyini ko'rishadi va bank xaqida yomon taassurotga ega bo’lishadi.

Bugungi kunda yangi omonat ochish va eskisi yopish bank mobil ilovalari orqali tez va qulay tarzda amalga oshiriladi. Ammo shunga qaramay, hamma ham ilovaga ega emas, ega bo’lsa ham undan qanday foydalanishni bilmaydi. Eng qizig’i, bank xodimi bilan birgalikda hamma narsani qilish, shaxsiy imzo qo'yish va qo'lga qog'oz shartnoma olish - bu psixologik darajada ishonchliroq ko'rinadi.

2. Ideal holatda, banklar qog'ozbozlikdan butunlay xalos bo'lishi kerak, ammo qonuniy jihatdan banklar hali ham ko'plab qog’oz hujjatlarni saqlashlari shart. Biroq, ba'zi operatsiyalarni tezlashtirish mumkin. Misol uchun, turli xil anketalarni to'ldirish juda ko'p vaqtni oladi: mijozlar ma’lumotni qo'lda yozadilar, bu esa sekin, ba'zan xato ham qiladilar. Ma'lumotlar kiritishning to'liq avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish zarur, so'ngra barcha hujjatlarni mijozga faqat imzolash uchun topshirilishi kerak. Shunday qilib, mijozlar vaqti va asablari tejasladi, shuningdek, ko’proq mijozlarga xizmat ko'rsatish orqali bank qo'shimcha daromad olishi ham mumkin.

3. Banklarning ish vaqtini oshirish. Barcha banklar soat 18:00 gacha ishlaydi. Mamlakatning barcha tashkilotlari ham kechki oltigacha ishlaydi. Damk, bank xizmatlaridan foydalanadigan har bir kishi kechki soat oltigacha bankka borishga ulgurishi kerak. Banklar ish vaqtini ko'paytirish orqali navbatlarni kamaytirishi mumkin. Lekin buning uchun bank xodimlari uchun ham mehnat sharoitlarini yaratish kerak.

Bularning barchasi haqida cheksiz gapirishingiz mumkin va nima qilish kerakligini, yoki  birinchi navbatda nima qilish kerakligini tushunish oson emas. Bu yerda juda murakkab tahlil kerak. Mijozlarning qaysi turdagi operatsiyalarni qaysi vaqtda amalga oshirishini o'rganib chiqib, qaysi jarayon yaxshilanishi natijasida samaradorlikni sezilarli darajada oshirish mumkinligini o’rganish kerak. Bularning barchasini esa tijorat bankining o‘zi amalga oshirishi kerak. 

Ayni paytda, matbuotda e'lon qilingan yillik hisobotlarga ko'ra, banklar katta daromad oladi. Qolaversa, bu foydani bankirlarga siz va men – mijozlar, bank xizmatlari iste’molchilari keltirmoqdamiz. Lekin biz banklarni mijozlarga normal sharoit yaratish uchun – kassa hisob-kitob markazlari sonini ko‘paytirish, ish jadvalini uzaytirish, bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish uchun ana shu foydadan ayirishga majbur qila olmaymiz. Navbat nafaqat ijtimoiy yovuzlik - behuda sarflangan vaqt, charchagan asablar, balki iqtisodiy illatdir. Biz bank oynalarida navbatda turib nafaqat bo‘sh vaqtimizni, balki ish vaqtimizni ham o‘tkazishimiz orqali davlatga qancha zarar yetkazishimizni kimdir hisoblab chiqqanmikin?

 Teglar

Banklar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish