Top.Mail.Ru

Bank rahbari qabuliga kirish mumkinmas!

Nima deb o‘ylaysiz? Tijorat banklari aholi va o‘z mijozlariga sifatli xizmat ko‘rsatayaptimi?

Bank rahbari qabuliga kirish mumkinmas!

Nima deb o‘ylaysiz? Tijorat banklari aholi va o‘z mijozlariga sifatli xizmat ko‘rsatayaptimi?  Banklarning Boshqaruv Raisilari yoki filiallar boshqaruvchilari huzuriga tashrif buyurish osonmi yoki umuman davlat rahbari bilan uchrashish osonroqmi?

Albatta, savollarning keti uzilmaydi. Deputat Rasul Kusherbayev ham aynan shu fikrda ekan. O‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozishicha, deputat O‘zMilliybank rahbari qabuliga yangiyo‘llik tadbirkor masalasida tashrif buyurganini, biroq katta mansab egasi, o‘z shinam kabinetidan tashqariga chiqishni istamagan rahbar hatto deputatni ham qabul qilishni istamaganini yozib qoldirgan.

-  Aslida qonunga ko‘ra, deputat, senator o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi. Kutish joyida qabulni kutishdan charchab, oxiri qaytdik. Va bu bankning tadbirkorlarga ko‘makchi emas, "yerdan oyog‘i uzilgan" sarsonbank ekanligiga yana bir bor ishonchimiz komil bo‘ldi.

Alamlisi davlat rahbari ikkita ish o‘rni yaratgan tadbirkorni yelkamizda ko‘taramiz, deb turgan vaqtda ushbu bank rahbariyatining o‘z mijozlariga va fuqarolarga bo‘lgan bunday munosabatini ko‘rib essiz shuncha ishonch, bino va resurslar deymiz, -  O‘zmilliybankni “Foydasiz “Sarsonbank”, - dedi deputat.

08:47 • 07 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish