Top.Mail.Ru

2022-yil aprel oyi holatiga milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar

Markaziy bankning asosiy stavkasi ko’tarilishi natijasida tijorat banklari o‘z navbatida muddatli so‘m depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari oshishi haqida e’lon qila boshladilar.

2022-yil aprel oyi holatiga milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar

Bugungi kunda so‘m omonatlari bo‘yicha maksimal stavkani TBC Bank taklif qilmoqda – omonatni 24 oygacha saqlash sharti bilan yillik 27%. Omonat 18 oyga ochilgan taqdirda foiz stavkasi yillik 21% ni tashkil qiladi. Omonat bo'yicha qo'shimcha badal kiritishga ruxsat beriladi, foizlar kapitalizatsiyasi mavjud, qisman yeshich esa mumkin emas. Ushbu omonatni faqat bankning mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin va bu taklif muddati cheklangan va 2022-yilning 10-apreligacha amal qiladi.

Shuningdek, Davr Bank omonatni to'liq muddat saqlash sharti bilan 13 oy muddatga, foiz stavkasi yillik 27% gacha bo'lgan "Yuqori Plus" muddatli onlayn-omonatini e'lon qildi. Omonat qisqaroq muddat saqlangan taqdirda foizlar ancha pastroq bo'ladi. Omonatni to'ldirish dastlabki uch oy davomida ruxsat etiladi, qisman yechib olishga yo'l qo'yilmaydi.

Yuqori foizlar bo'yicha yetakchilar qatorida Infin Bank ham yangi “Infin Ustuvor” nomli depozit taklif etdi. Bu deposit bo’yicha stavka yillik 24% miqdorida o’rnatilgan, muddat esa 90 kunni tashkil etadi. Omonatni bankning istalgan filialida, shuningdek, mobil ilova orqali onlayn tarzda ochish mumkin. Omonat to'ldirilishi mumkin, ammo qisman yechib bo'lmaydi.

Tenge bank, Anor bank, Hamkor bank, Kapital bank, Milliy bank va Mikrokreditbank so‘mlik omonatlarni yillik 23 foiz stavka bilan taklif etmoqda. Ushbu banklardan Milliy bank va Mikrokreditbank omonatni mobil ilova orqali onlayn tarzda ochilishi sharti bilan 23 foiz miqdorida stavka belgilagan. Aks holda, foiz stavkasi yiliga 22% ni tashkil qiladi.

Ayrim banklarning depozitlari bo'yicha foiz stavkalari Markaziy bankning asosiy stavkasiga bog'langan. Ammo asosiy stavkaning o'sishidan so'ng, barcha banklar ham bunday depozitlar bo'yicha foizlar o'zgarishini hali ham e'lon qilmadi.

Ma’lumot uchun: Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, fevral oyida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha taklif qilingan o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 20,4 foizni tashkil etdi. 2022-yilning mart-aprel oylari oxirigacha so‘mdagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka fevral oyiga nisbatan sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Chunki banklar yuqori stavkalar bilan yangi omonatlarni e'lon qilishda yoki mavjud omonatlar bo'yicha foizlarni oshirishda davom etmoqda.

Omonatlar bo'yicha batafsil ma'lumotni Depozit.uz saytidagi "Omonatlar" sahifasida olishingiz mumkin.

18:00 • 01 April, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish