Top.Mail.Ru
02 Aug 2021 |  3,157

“О‘zbek so‘mi” konsolidatsiyalanmoqda

Oxirgi bir hafta mobaynida AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan kursi 0,51 foizga ko‘tarildi.

“О‘zbek so‘mi” konsolidatsiyalanmoqda

Valyuta bozorida so‘m unchalik harakatchan emas: o‘zbek valyutasining hatti-harakati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nazorat qilinadi, - deyishga barcha asoslar bor: regulyatorning ta’kidlashicha, tashqi inflyatsion muhit keskinligicha qolmoqda. Xususan, 2021 yil boshidan Xitoydan tashqari, asosiy savdo sheriklaridagi inflyatsiya darajasi Markaziy banklar targetlash maqsadlaridan oshib ketdi, bu esa asosiy stavkalarning o‘sishiga va ushbu mamlakatlarda pul-kredit siyosatini keskinlashtirish uchun samarali chora-tadbirlar qabul qilinishiga sabab bo‘ladi.

Joriy yilgi inflyatsiya prognoziga erishish va pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi sharoitida iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va inflyatsion xatarlarning oldini olish uchun foiz stavkasi +/- 2 foiz punktgacha kengaygan holda, bazaviy stavka 14 foiz o‘zgarishsiz qolmoqda, - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbarining xabarida.

Bu, o‘z navbatida, bu yil so‘mni sezilarli darajada mustahkamlanishi amalga oshmasligini anglatishi mumkin. Yaqin kelajak uchun kutilayotgan valyuta kurslari ko‘lami quyidagicha: dollar o‘zbek so‘mi bilan birgalikda o‘sayotgan narx kanalida qolmoqda va 10590-10695 USD/UZS atrofida o‘zgarib turadi.

Agar kengroq qaraydigan bo‘lsak, so‘nggi paytlarda AQSh dollari 0-0,25 foiz bo‘lgan koridorini saqlab qolishga qaror qilgan AQSh Federal zahira tizimining noaniq bayonotlari tufayli kuchli pozitsiyalarini yo‘qotdi. FZT pul-kredit siyosati ham o‘zgarishsiz qolmoqda, chunki 28 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida amerika regulyatori Jerom Pauell, FZT ning hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyi inflyatsiyasining sakrashi tugaydi, shuning uchun bugungi kunda PKSni (pul-kredit siyosati) tubdan kuchaytirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Biroq FZT raisi vaqt o‘tishi bilan ochiq bozorda aktivlarni sotib olish hajmi kamayishi mumkinligini va bu masala regulyator rahbarligida chuqur o‘rganilayotganini aytdi. Shu bilan birga, u aktivlarni sotib olishni qisqartirishning aniq muddatini aytmadi, hamda bu keyinchalik AQSh dollari indeksi DXY ning zaiflashishiga olib keldi. O‘tgan haftada AQSh dollari indeksi DXY 0,88 foizga zaiflashdi va 92,090 ga yetdi.

Birinchi yarim yillik statistikasidan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6,2 foizga o‘sdi, bu koronavirus Delta (Hindiston shtammi) tarqalishining davom etayotgan xavfini hisobga olgan holda yaxshi ko‘rsatkich. Shu sababli, XVJ (Xalqaro valyuta jamg‘armasi) 2021 yil oxiriga kelib O‘zbekiston YaIM ko‘rsatkichlarining 4,8-5,0 foiz oralig‘ida o‘sishini bashorat qilmoqda, bu esa yilning ikkinchi yarmida o‘sish yilning birinchi yarmi davridagi kabi sezilarli bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilgi yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga nisbatan optimistik nuqtai nazarga ega va u 5,8-6,8 foiz oralig‘ini tashkil etadi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy rag‘batlantirish ta’siri ostida iqtisodiy faollik va yalpi talabning kutilganidan tezroq o‘sishi, yil oxirigacha salbiy ishlab chiqarish farqining qisqarishi va asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sishining tiklanishi bilan izohlanadi.


Xulosa

Bugungi kunda koronavirusning “Delta” yangi shtampi (Hind shtampi) bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning yomonlashishi xavfi asta-sekin o‘sib bormoqda, karantin choralarini kuchaytirishning tiklanishi yoki karantin joriy etilishi istisno qilinmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiy tiklanishining sekinlashishiga, shuningdek, AQSh dollarining milliy valyutaga nisbatan xavfsiz boshpana sifatida mavqeining mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.

Aziz Abdusalomov Alpari Xalqaro moliya brendi eksperti

Aziz Abdusalomov

Alpari Xalqaro moliya brendi eksperti

Savol berish

 Teglar

Boshqalar

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish