Top.Mail.Ru
28 Jan 2021 |  6,411

Jamg’arishda eng ko’p uchraydigan 4ta xato va ularni qilmaslik yo'llari.

Ijtimoiy tarmoqlarda omonatlar va jamgárish mavzusiga oid muhokamalarni tahlil qilish natijasida, fuqorolar orasida jamgárish va pullarni boshqarish bo’yicha eng ko’p uchraydigan 3ta xato fikrni aniqladik.

Jamg’arishda eng ko’p uchraydigan 4ta xato va ularni qilmaslik yo'llari.

Pullarni jamg’arishda eng ko’p qilinadigan 4ta xato.

Ijtimoiy tarmoqlarda omonatlar va jamgárish mavzusiga oid muhokamalarni tahlil qilish natijasida, fuqorolar orasida jamgárish va pullarni boshqarish bo’yicha eng ko’p uchraydigan 3ta xato fikrni aniqladik. Mazkur postda shu fikrlar xatoligini tushuntiramiz

1-xato: Omonatlar foizi past, “tugílgan” foizlarni inflyatsiya yeb qo’yadi. Undan ko’ra pullarimni uyda saqlayman.

Xaqiqatdan, inflyatsiya (2020 yil yakuni boýicha - 11.1%) omonat “tug’gan” foizlarni bir qismini yeydi. Ammo, agar siz pullaringizni omonatga qo’ymasdan uyda saqalsangiz inflyatsiya foizlarni emas pullaringizni bir qismini yeydi. Ya’ni, sizni farazingiz bo’yicha pullar uyda xavsiz joyda turgan xar bir kun davomida pullaringiz qiymati kamayib boradi.

2-xato: So’mda omonatga pul qo’ysam kurs oshsa pulim kamayadi. Yaxshisi dollarga almashtirib uyda saqlayman va kurs ko’tarilishidan yutaman.

Afsuski, inflyatsiya faqat so’mdagi pulni kemirmaydi. Nisbatan past bo’lsada dollarda ham inflyatsiya mavjud. Shu sababli bo’sh AQSH dollaridagi mablag’laringizni banklar taklif etayotgan dollardagi omonatlarga qo’yganingiz ma’qul.

3-xato: Banklarga ishonch yo'q. Bank bankrot bo’lsa pulim kuyadi.

Fuqorolarning omonatlari to’liqligicha “Fuqorolarning omonatlarini kafolatlash jamg’armasi” tomonidan kafolatlanadi. Bu degani bank yopilib ketsa xam sizni pullaringiz aniq qaytariladi. “Bu jamg’arma pulimni qaytarishiga ancha vaqt ketadi” desangiz, yechim sifatida pullaringizni davlat banklariga qo’yishingiz mumkin. To’g’ri davlat banklarida xam bankrotlik riski mavjud, lekin bu risk shunchalik pastki chet elliklar xech qanday kafolatsiz ularga yuzlab million dollarlarni ishonib topshirishmoqda.

4-xato: Kartamdagi pul tursa 10-15 kun turadi, keyin ishlatishimga kerak. Bu qisqa muddatga qanchayam foiz to’lanardi, undan ko’ra pulim kartada turursin.

Keling hisoblab ko’ramiz, misol uchun kartangizda turgan 2 mln. so’m pul, bank omonatiga qo’yilsa xar bir kun uchun sal kam ming so’m “tugádi”. Agar pulingiz omonatda 15 kun tursa bir kunlik obedingizni puli chiqadi. To’g’ri bu kata pul emas, lekin yil davomida buni odat qilsangiz pulingiz bo’sh turgan kunlar uchun yaxshigina foiz hisoblanadi.

Shoxpur Gulturaev Bank-moliya sohasi eksperti

Shoxpur Gulturaev

Bank-moliya sohasi eksperti

Savol berish

 Teglar

Omonatlar

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish