"Ipak Yo‘li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
2013 yilda Osiyo taraqqiyot banki bank aksiyalari paketini xarid qilgan. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi sarmoyasi bo'lgan.
Bugungi kunda, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya investitsiya korporatsiyasi (DEG, KfW group), Triodos Investment management kabi yirik xalqaro korporatsiyalar hamda Alfa Invest, Uzbekinvest va Kafolat sug'urta kompaniyalari bankning asosiy aksiyaladorlaridir.
Bank universal bank bo'lib, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyat olib boradi: kichik va xususiy tadbirkorlik, korporativ biznes, chakana biznes, moliyaviy institutlar, investitsion biznes. Batafsil