Top.Mail.Ru

Yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, “FURSAT” davlat media-loyihasi ishga tushirilmoqda.

Yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, “FURSAT” davlat media-loyihasi ishga tushirilmoqda.

Loyihaning maqsadi – Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (YOSTZ)ni tashkil etish tashabbusini ilgari surish va yoshlarni o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishga jalb etishdan iborat.

 “FURSAT” loyihasiga qanday aʼzo bo‘lish mumkin?

Agar Siz o‘z biznesingizni boshlash niyatida bo‘lsangiz va biznes uchun g‘oya yoki tayyor biznes-reja mavjud bo‘lsa, www.fursatloyiha.uz veb-sayti yoki @fursatloyiha_bot telegram-boti orqali ariza yuborishingiz mumkin. Jo‘natilgan ariza o‘rganilib, tasdiqlanganidan so‘ng, yetti yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, sizga viloyatingizdagi YOSTZ hududida ishlab chiqarish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin.

Batafsil maʼlumotga ega bo‘lish uchun quyidagi raqam bilan bog‘lanishingiz mumkin +99871 238 52 21
 

14:30 • 07 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish