Top.Mail.Ru

Yangi tizimga o‘tish bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini yaratadi

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”i 2021 yilning 30 iyulidan 1 avgustigacha yangi "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tayotganini maʼlum qildi.

Yangi tizimga o‘tish bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish  jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini yaratadi

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”i 2021 yilning 30 iyulidan 1 avgustigacha yangi "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tayotganini maʼlum qildi.

Bu tizim bankning barcha hududiy bo‘linmalarini yagona MFOga o‘tkazish, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish, Bazel III talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi tashkiliy va funksional tuzilmani joriy etish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bankning barcha hududiy bo‘linmalarining yagona MFOga o‘tishi, bank hisobvarag‘i ochilish joyidan qatʼi nazar, mijozga bankning istalgan bo‘linmalarida bank xizmatlarining to‘liq spektridan foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, bank o‘z mijozlarini xabardor etish maqsadida, yangi ABTga o‘tish davrida bank tomonidan to‘xtatib turiluvchi amaliyotlar ro‘yxatini ham eʼlon qildi.

 

AMALIYOT TURIVAQTISANASI
1.Qo'yilma amaliyotlari (qo'yilmani ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish)shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali1800 gacha27.07.2021
Qo'yilma amaliyotlari (yechish, to'ldirish va % %olish)shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali1200 gacha30.07.2021
2.Kredit buyurtmalarni qabul qilish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali1800 gacha27.07.2021
Kreditlar va foizlarni so'ndirish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali1200 gacha30.07.2021
3.Bankning barcha turdagi bank kartalarini chiqarish uchun buyurtmalar qabul qilish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali1800 gacha27.07.2021
4.Western Union, RIA Money, MoneyGram, Unistream, Contact, Zolotaya Korona xalqaro pul o'tkazmalari (jo'natish-qabul qilish),shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali1800 gacha27.07.2021
5.AloqaEkspress filiallar o'rtasida o'tkazmalar1800 gacha27.07.2021
6.To'lovlarni qabul qilish (kommunal, bir martalik, soliq, Munis)1200 gacha30.07.2021
7.Valyuta ayirboshlash amaliyotlari,shu jumladan bankning Zoomrad mobil ilovasi orqali1200 gacha30.07.2021
8.Boshqa amaliyotlar1800 gacha27.07.2021
12:11 • 26 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish