So’nggi bir necha oy davomida xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalar oshib bordi, dollardagi depozitlar bo'yicha maksimal stavka 8%, yevrodagi depozitlar bo'yicha esa - 6%ni tashkil etmoqda.
So’nggi davr mobaynida banklar xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalarni oshirdi. Bugungi kunda 35 ta bankdan 24 tasida dollarda, 7 tasida yevroda va 1 tasida rublda omonat ochish mumkin. Omonatlarni onlayn – bank mobil ilovalari orqali ham rasmiylashtirish mumkin.
Dollardagi omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavkasi yillik 8% ni Garant bank, yevrodagi omonatlar bo’yicha esa yillik 6% ni Ipoteka-bank va Asakabank taklif etmoqda.
Orient Finans bank rublda omonat rasmiylashtirish yo’lga qo’ygan. Bunday omonat bo’yicha foiz stavka 12 oyga yillik 8% va 3 oyga 6% ni tashkil etmoqda.
Quyida barcha banklarning xorijiy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha umumiy ma’lumotni keltirib o’tamiz.
Dollardagi omonatlar:
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa, dollar | Muddati | Rasmiylashtirish usuli |
Garant bank | 8 | 500 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
Trastbank | 7.5 | 500 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Asakabank | 7.5 | 50 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Ziraat bank | 7.5 | 500 | 36 oy | Bank ofislari orqali |
Mikrokreditbank | 7.5 | 100 | 36 oy | Bank ofislari orqali |
Turonbank | 7.2 | 0 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Anorbank | 7 | 1 000 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
Kapitalbank | 7 | 100 | 25 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Agrobank | 7 | 100 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
Orient Finans bank | 6.5 | 200 000 | 547 kun | Bank ofislari orqali |
Infin bank | 6.5 | 1 000 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Universalbank | 6.5 | 500 | 15 oy | Bank ofislari orqali |
TBC Bank | 6.5 | 100 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
Aloqabank | 6.5 | 100 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Hamkorbank | 6 | 500 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
Ipoteka-bank | 6 | 0 | 13 oy | Bank ofislari orqali |
Qishloq Qurilish bank | 6 | 100 | Omonatchi 16 yoshga to‘lgunga qadar | Bank ofislari orqali |
Madad invest bank | 5 | 100 | 12 oy | Bank ofislari orqali |
Milliy bank | 5 | 50 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Xalq banki | 4.5 | 10 | 18 oy | Bank ofislari orqali |
Asia Alliance bank | 4 | 500 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
O’zsanoatqurilishbank | 4 | 500 | 6 oy | Bank ofislari orqali |
Poytaxt bank | 3 | 100 | 25 oy | Bank ofislari orqali |
Ipak Yo’li bank | 3 | 100 | 3-12 oy | Bank ofislari orqali |
Yevrodagi omonatlar:
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa, yevro | Muddati | Rasmiylashtirish usuli |
Ipoteka-bank | 6 | 0 | 13 oy | Bank ofislari orqali |
Asakabank | 6 | 50 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
Mikrokreditbank | 4 | 100 | 18 oy | Bank ofislari orqali |
Orient Finans bank | 3 | 500 000 | 36 oy | Bank ofislari orqali |
Kapitalbank | 2 | 100 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
Hamkorbank | 2 | 1 | 6 oy | Bank ofislari orqali |
Milliy bank | 2 | 0 | 3 oy | Bank ofislari orqali |
Rubldagi omonatlar:
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa, rubl | Muddati | Rasmiylashtirish usuli |
Orient Finans bank | 8 | 50 000 000 | 12 oy | Bank ofislari orqali |
Bu va boshqa omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.