Top.Mail.Ru

Xorijiy internet do’konlardan xarid uchun eng yaxshi kartalar

debet kartalar

Xorijiy internet do’konlardan xarid uchun eng yaxshi kartalar

Siz ko’pincha xorijiy internet do’konlardan xarid qilasizmi (masalan, Aliexpress, Amazon va boshqalar)? To’lov uchun eng yaxshi kartani tanlashga qiynalayapsizmi? Unda Visa Virtual va Mastercard Virtual kartalaridan foydalaning!

Virtual kartalarning odatiy debet kartalardan (masalan, Visa Classic yoki Mastercard Standard) ustunligi nimada?

•  Birinchidan karta bahosida. Virtual karta ochish ko’p holda bepul bo’ladi.
•  Ikkinchidan kamaymaydigan qoldiq miqdori ancha pastlida. Ba’zi hollarda esa, hatto 0 ga teng bo’lishida. Kamaymaydigan qoldiq bu karta hisobida doim saqlanadigan, ishlatib bo’lmaydigan pul miqdori.
•  Uchinchidan xizmat ko’rsatish bepul ekanligida. Xizmat ko’rsatish bu karta uchun har oy yoki yilga to’lanadigan to’lov turi.
•  To’rtinchidan rasmiylashtirish osonligida. Virtual kartani xizmat ko’rsatuvchi bank mobil ilovasi yoki sayti orqali ochish mumkin. Bunda, faqat agar shu bankdan boshqa kartangiz bo’lmasa, shaxsingizni bankka bir marta borib yoki telefon qilib tasdiqlashingiz kerak bo’lishi mumkin. Qolgan hollarda kartani bemalol masofadan ochishingiz mumkin.

Sizga qulaylik uchun Depozit.uz saytining Debet kartalar bo’limidagi eng yaxshi uchta Virtual kartalarni keltiramiz.


1.  “Hamkorbank”dan “Visa Virtual” kartasi:
•  Karta bahosi – Bepul;
•  Kamaymaydigan qoldiq – 0 USD;
•  Xizmat ko’rsatish – Bepul;
•  Kartani rasmiylashtirish usuli – Bank sayti yoki mobil ilova orqali.

2.  “Kapitalbank”dan “Visa Virtual” kartasi:
•  Karta bahosi – Bepul;
•  Kamaymaydigan qoldiq – 5 USD;
•  Xizmat ko’rsatish – Bepul;
•  Kartani rasmiylashtirish usuli – Bank sayti yoki mobil ilova orqali.

3.  “O’zMilliyBank”dan “Mastercard Virtual” kartasi:
•  Karta bahosi – Bepul;
•  Kamaymaydigan qoldiq – 5 USD;
•  Xizmat ko’rsatish – Bepul;
•  Kartani rasmiylashtirish usuli – Mobil ilova orqali.

Barcha kartalar shartlari bilan batafsil Depozit.uz saytining Debet kartalar sahifasida tanishishingiz mumkin.

09:25 • 21 February, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish