Top.Mail.Ru

UZCARD mijozlari uchun ajoyib yangilik!

Aholiga yana-da qulaylik yaratish va doimo olg‘a intilishdan charchamaydigan UZCARD jamoasi

UZCARD mijozlari uchun ajoyib yangilik!

Aholiga yana-da qulaylik yaratish va doimo olg‘a intilishdan charchamaydigan UZCARD jamoasi bankning barcha mijozlari uchun «Solidarnost Onlayn» mobil ilovasi orqali pul o‘tkazmalarini komissiya to‘lovlarisiz BEPUL o‘tkazishni yo‘lga qo‘yibti.

Albatta, bu chet mamlakatlardan pul o‘tkazmalarini qabul qiluvchi aholi uchun yaratilgan yana bir qulaylik. Endi aholi banklarning pul o‘tkazmalari shoxobchalariga borib o‘zining qadrli bo‘lgan vaqtini navbat kutishlar bilan o‘tkazishi ham shart emas.

UZCARD yangi xizmatidan foydalanish uchun Siz:

  • “To‘lovlar” bo‘limiga kirishingiz;
  • Avval «MDH o‘tkazmalari», undan so‘ng “O‘zbekistonga” tugmasini tanlashingiz;
  • O‘tkazmalar ro‘yxatida UZCARD kartasini tanlashingiz kifoya ekan.

Pul mablag‘larini o‘tkazish uchun UZCARD kartasining raqami va o‘tkazma qiymatini ko‘rsatish bilan Siz o‘z vaqtingizdan unumli foydalanasiz.

Aytgancha, “Do‘stona” kartasining egalari uchun xizmat «Uyga o‘tkazmalar» bo‘limida joylashgan.

12:02 • 19 May, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish